O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi World Boxing kubogida yana yetakchi bo‘ldi

© NOK UzbekistanaKubok World Boxing: mujskaya sbornaya Uzbekistana vnov stala liderom
Kubok World Boxing: mujskaya sbornaya Uzbekistana vnov stala liderom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2026
Obuna bo‘lish
Ushbu musobaqada ishtirok etgan terma jamoa jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Xitoyning Guyang shahridagi World Boxing kubogining ikkinchi bosqichi yakuni bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

"Quvonarlisi, ikkinchi bosqichda erkaklar terma jamoamiz 3 ta oltin, 1 ta kumush 2 ta bronza medali bilan yana yetakchi bo‘ldi", - deyilgan xabarda.

Oltin medal sohiblari:
-60 kg — Abdumalik Xalokov
-80 kg — Javohir Ummataliyev
-90 kg — To‘rabek Habibullayev
-57 kg — Nigina O‘ktamova
Kumush medal sohiblari:
-50 kg — Asilbek Jalilov
-48 kg — Farzona Fozilova
+80 kg — Oltinoy Sotimboyeva
Bronza medal sohiblari:
-85 kg — Akmaljon Isroilov
+90 kg — Arman Maxanov
-60 kg — Sitora Turdibekova
-75 kg — Aziza Zokirova
Umumjamoa hisobida mezbon Xitoy terma jamoasi 5 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan birinchi, Qozog‘iston esa 5 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
Abdullox Madaminov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2026
O‘zbekiston bokschilari OChda umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi
Yangiliklar lentasi
0