Toshkentda Mangu olov poyiga gullar qo‘yildi – foto
Toshkentda Mangu olov poyiga gullar qo‘yildi – foto
Sputnik O‘zbekiston
Marosimda Rossiya va Belarus elchilari, Qirg‘iziston diplomatlari, jamoat tashkilotlari vakillari va veteranlar ishtirok etdi. Kechqurun memorialda an’anaviy “Xotira shami” aksiyasi o‘tkaziladi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Toshkentdagi “Birodarlik qabristoni” memorial majmuasida Mangu olov poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Tadbir Ulug‘ Vatan urushi boshlangan kun munosabati bilan tashkil etildi.Marosimda Rossiya va Belarus elchilari, Qirg‘iziston diplomatlari, Rossotrudnichestvo va Rossiya Savdo vakolatxonasi vakillari, Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi, veteranlar tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.Tadbir qatnashchilari urush qurbonlari xotirasini yod etib, Mangu olov poyiga gulchambarlar qo‘ydi.Shuningdek, 22-iyun kuni kechqurun memorial majmuada an’anaviy “Xotira shami” aksiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbir Ikkinchi jahon urushi boshlanganining 85-yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etildi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Toshkentdagi “Birodarlik qabristoni” memorial majmuasida Mangu olov poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tadbir Ulug‘ Vatan urushi boshlangan kun munosabati bilan tashkil etildi.
Marosimda Rossiya va Belarus elchilari, Qirg‘iziston diplomatlari, Rossotrudnichestvo va Rossiya Savdo vakolatxonasi vakillari, Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi, veteranlar tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir qatnashchilari urush qurbonlari xotirasini yod etib, Mangu olov poyiga gulchambarlar qo‘ydi.
Shuningdek, 22-iyun kuni kechqurun memorial majmuada an’anaviy “Xotira shami” aksiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.