https://oz.sputniknews.uz/20260622/tashkent-deliniator-yolaklar-paydo-bolish-58502366.html
Avtobuslarga ustuvorlik: Toshkentda deliniatorli maxsus yo‘laklar paydo bo‘lmoqda
Avtobuslarga ustuvorlik: Toshkentda deliniatorli maxsus yo‘laklar paydo bo‘lmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Magic City hududidan Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l qismida avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lak belgilandi va deliniatorlar o‘rnatilmoqda. Yil davomida bunday yo‘laklar 30 dan ortiq ko‘chada tashkil etiladi
2026-06-22T11:31+0500
2026-06-22T11:31+0500
2026-06-22T11:31+0500
toshkent
yo‘l harakati qoidalari (yhq)
jamiyat
o‘zbekiston
avtobus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/16/58501647_0:386:1122:1017_1920x0_80_0_0_64a4b5b4ced9bf98cc6e542e4a80edce.jpg
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Toshkentda avtobuslar harakati uchun “A” toifasidagi alohida yo‘laklarni bosqichma-bosqich joriy etish ishlari davom etmoqda. Bu haqda Toshkent shahri Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) matbuot xizmati xabar berdi."Magic City" hududidagi Furqat ko‘chasidan Xalqlar do‘stligi saroyi atrofidagi Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l qismida “A” yo‘lagi uchun maxsus chiziqlar chizildi.Endi jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘laklar nafaqat yo‘l chiziqlari, balki qo‘shimcha infratuzilma elementlari bilan ham belgilab borilmoqda.Mutaxassislarning ta’kidlashicha, AQSh, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Singapur, Avstraliya va Boku shahri tajribasi avtobuslar uchun alohida yo‘laklar jamoat transporti harakat tezligini oshirish, kechikishlarni kamaytirish hamda qatnov jadvalini barqarorlashtirishga xizmat qilishini ko‘rsatgan.Ma’lum qilinishicha, joriy yilda Toshkentning 30 tadan ortiq ko‘chasida “A” toifasidagi alohida yo‘laklarni tashkil etish rejalashtirilgan. Bu orqali avtobuslar harakati tezligi va barqarorligini oshirish, yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish hamda shahar yo‘llaridagi yuklamani kamaytirish ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260405/tashkent-avtobuslar-yol-tirbandlik-holi-56726861.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/16/58501647_0:281:1122:1123_1920x0_80_0_0_d17d0470f609756a99cd997aafe821bb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, yo‘l harakati qoidalari (yhq), jamiyat, o‘zbekiston, avtobus
toshkent, yo‘l harakati qoidalari (yhq), jamiyat, o‘zbekiston, avtobus
Avtobuslarga ustuvorlik: Toshkentda deliniatorli maxsus yo‘laklar paydo bo‘lmoqda
Toshkentda avtobuslar harakati uchun ajratilgan “A” yo‘laklarini joriy etish davom etmoqda. Yangi uchastkada deliniatorlar o‘rnatish ishlari boshlandi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Toshkentda avtobuslar harakati uchun “A” toifasidagi alohida yo‘laklarni bosqichma-bosqich joriy etish ishlari davom etmoqda. Bu haqda Toshkent shahri Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) matbuot xizmati
xabar berdi.
"Magic City" hududidagi Furqat ko‘chasidan Xalqlar do‘stligi saroyi atrofidagi Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l qismida “A” yo‘lagi uchun maxsus chiziqlar chizildi.
Shuningdek, ushbu yo‘lakni umumiy transport oqimidan ajratish uchun deliniatorlar — jismoniy ajratuvchi elementlar o‘rnatilmoqda.
Endi jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘laklar nafaqat yo‘l chiziqlari, balki qo‘shimcha infratuzilma elementlari bilan ham belgilab borilmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, AQSh, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Singapur, Avstraliya va Boku shahri tajribasi avtobuslar uchun alohida yo‘laklar jamoat transporti harakat tezligini oshirish, kechikishlarni kamaytirish hamda qatnov jadvalini barqarorlashtirishga xizmat qilishini ko‘rsatgan.
Deliniatorlar esa begona transport vositalarining avtobus yo‘lagiga kirishini cheklash, tartibsiz harakatlarning oldini olish va haydovchilarga yo‘lak chegaralarini aniq ko‘rsatish imkonini beradi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilda Toshkentning 30 tadan ortiq ko‘chasida “A” toifasidagi alohida yo‘laklarni tashkil etish rejalashtirilgan. Bu orqali avtobuslar harakati tezligi va barqarorligini oshirish, yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish hamda shahar yo‘llaridagi yuklamani kamaytirish ko‘zda tutilgan.