Husanov tezlik bo‘yicha Mbappeni ortda qoldirdi

© Foto : Federatsiya futbola Uzbekistana Zashitnik sbornoy Uzbekistana Abdukodir Xusanov
Zashitnik sbornoy Uzbekistana Abdukodir Xusanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ChM-2026ning birinchi turidan keyingi eng tezkor futbolchilar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan FIFA treking ma’lumotlariga ko‘ra, Abduqodir Husanov JCh-2026 ning eng tezkor futbolchilari qatoridan joy oldi.
Turnir statistikasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi maydonda 36,5 km/soat tezlikka erishgan. Bu ko‘rsatkich unga Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand bilan birgalikda ikkinchi pog‘onadan joy olish imkonini berdi.
Reyting yetakchisi Avstraliya terma jamoasi himoyachisi Jordan Bos bo‘lib, u 36,7 km/soat tezlikni qayd etgan.
E’tiborli jihati, Husanov tezlik bo‘yicha Fransiya terma jamoasi yetakchisi Kilian Mbappe, Janubiy Koreya sardori Son Xin Min hamda Portugaliya vakili Pedru Netudan yuqori natija ko‘rsatdi. Mbappe 35,1 km/soat natija bilan kuchli o‘nlikda to‘qqizinchi o‘rinni egallagan.
Natsionalnaya sbornaya Uzbekistana po futbolu prodoljayet podgotovku k matchu protiv Portugalii
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2026
"Biz o‘zimizga ishonishimiz kerak" — sharhlovchi Mirzahakim To‘xtamirzayev
Yangiliklar lentasi
0