Polsha Ukrainadan ordenlar ortidan qurollarni ham qaytarishni so‘radi

© AP Photo / Czarek SokolowskiLyudi derjat svazannie polskiy i ukrainskiy flagi vo vremya demonstratsii v podderjku oppozitsionnogo dvijeniya v Ukraine v Varshave, Polsha, 23-fevralya 2014 goda.
Lyudi derjat svazannie polskiy i ukrainskiy flagi vo vremya demonstratsii v podderjku oppozitsionnogo dvijeniya v Ukraine v Varshave, Polsha, 23-fevralya 2014 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2026
Obuna bo‘lish
Zelenskiy "Oq burgut" ordenidan mahrum qilinganidan so‘ng, ukrainalik amaldorlar yoppasiga Polsha mukofotlarini qaytarishni boshladi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Polshaning sobiq bosh vaziri Leshek Miller Polsat News telekanalida Kiyev medallarni emas, Polsha Ukrainani qo‘llab-quvvatlash doirasida Varshavaga yetkazib bergan harbiy texnika va barcha qurollarni qaytarishi kerakligini aytdi.

"Ular olgan narsalarini qaytarishga juda ishtiyoqmand ekan, unda "MiG"lar, tanklar va qurollarni ham qaytarib berishsin. Bu juda chiroyli oliyjanob ish bo‘lar edi, shunday emasmi?" — dedi u ukrainalik siyosatchilarning Polsha ordenlaridan yoppasiga voz kechayotganiga izoh berib.

Miller ta’kidlaganidek, Zelenskiy bir vaqtlar Rossiya imperatori Yekateria II va Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shrederga berilgan "Oq burgut" ordenini qaytarishdan g‘azablanish o‘rniga, shunchaki undan voz kechishi mumkin edi.
Juma kuni Polsha prezidenti Karol Navroski Ukrainada UPA* rahbarlarining ulug‘lanishi tufayli Vladimir Zelenskiyning ushbu Polsha davlat mukofotidan mahrum qilinishini e’lon qildi.
Bunga javoban Ukrainaning uchta sobiq prezidenti - Leonid Kuchma, Viktor Yushchenko va Petr Poroshenko - "Oq burgut" ordenidan voz kechishdi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga, Zelenskiy devoni rahbari Kirilo Budanov* va Ukrainaning Varshavadagi elchisi Vasiliy Bondar ham Polshadan olgan ordenlaridan voz kechishdi.
May oyi oxirida Zelenskiy Kiyev viloyatida OUN-UPA* rahbarlaridan biri Andrey Melnik va uning rafiqasining qoldiqlarini qayta dafn etish marosimida ishtirok etdi. Shuningdek, u Ukraina Qurolli Kuchlari Maxsus Operatsiya Kuchlarining Shimoliy Maxsus Operatsiyalar Markaziga "UPA* Qahramonlari nomi bilan" deb nom berdi. Shundan so‘ng, Polsha prezidenti Zelenskiyni 2023-yilda avvalgi davlat rahbari Andjey Duda tomonidan mukofotlangan "Oq burgut" ordenidan mahrum qilish masalasini ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqdi.
* Rossiyada taqiqlangan ekstremistik tashkilot.
** Rosfinmonitoring ekstremistik faoliyat yoki terrorizmga aloqador shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan.
*** Rossiya terrorchilari va ekstremistlari ro‘yxatiga kiritilgan.
UPA* - Ukrainskaya povstancheskaya armiya

UPA* - Ulug‘ Vatan urushi davrida natsistlar bilan hamkorlik qilgan - sovet qo‘shinlariga qarshi kurashgan asosan ukrainaliklardan iborat bo‘lgan sotqin armiya. Ular asosan front ortida, tinch aholi va partizanlarga qarshi jazo operatsiyalari o‘tkazish bilan shug‘ullangan. 1943-yilda UPA* Volin qirg‘inini boshlagan: Ukraina g‘arbida joylashgan asosan polyaklar yashagan 99ta qishloq va shaharlarda barcha odamlar ayollar, bolalar qariyalar shafqatsizlarcha o‘ldirilgan. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra Volin qirg‘inida 100 mingga yaqin odam qurbon bo‘lgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0