Talabalar soni 1,5 milliondan oshdi

Obuna bo‘lish
Ilk bor talabalar orasida qiz bolalar ulushi o‘g‘il bolalardan oshib ketdi!
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. 2025/2026 o‘quv yili boshida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 million 535 mingni tashkil etdi, deb xabar qildi Milliy statistika qo‘mitasi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 102 200 ga yoki 7,1% ga oshdi.
Talabalarning 782 900 nafarini qiz bolalar va 752 100 nafarini o‘g‘il bolalar tashkil qildi.
Ma’lumot uchun 2021/2022 o‘quv yili boshida talabarlar soni salkam ikki baravar kam bo‘lgan - 808 400 kishini tashkil qilgan.
Batafsil infografikamizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0