Rossiya qo‘shinlari Konstantinovka va Krasniy Limanni ozod qilmoqda
18:42 21.06.2026 (yangilandi: 18:58 21.06.2026)

© Sputnik / Sergey Bobilev
/ Obuna bo‘lish
So‘nggi 24 soat davomida Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari 1450 nafar harbiy xizmatchilarni yo‘qotdi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Konstantinovka va Krasniy Limanda olg‘a siljimoqda, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
Donetsk Xalq Respublikasining Krasniy Liman shaharchasida 25-armiyaning hujum bo‘linmalari shaharning shimoli-g‘arbiy qismida oldinga siljishmoqda. 67-motoo‘qchi diviziyasining 31 va 37-polklari bo‘linmalari dushmanning 12 ta istehkomini egallab oldi va 53 ta binoni Ukraina harbiylaridan tozaladi.

So‘nggi 24 soat ichida shaharda 30 dan ortiq jangari, AQShda ishlab chiqarilgan HAMW zirhli mashinasi shaxsiy tarkib bilan, pikap va to‘rtta yer usti robot tizimlari yo‘q qilindi.
DXRning Kostantinovka shaharchasida "Janub" kuchlar guruhi bo‘linmalari faol hujum operatsiyalarini o‘tkazdi va qishloqning janubi-g‘arbiy qismida tarqoq dushman guruhlarini yo‘q qilishni davom ettirdi. So‘nggi 24 soat ichida 104 ta bino Ukraina jangarilardan ozod qilindi.
Ukraina Qurolli Kuchlari 85 nafargacha harbiy xizmatchisini, zirhli jangovar mashinani, 16 ta transport vositasini, dala artilleriya to‘pini, 24 ta yer usti robot tizimlarini va 25 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish punktlarini yo‘qotdi.
Shuningdek Konstantinovka yo‘nalishida artilleriya bo‘linmalari Ukraina Qurolli Kuchlarining dala omboriga zarba berdi. Obyekt razvedka yordamida aniqlandi va uning koordinatalari tasdiqlangandan so‘ng, nishon yo‘q qilish uchun artilleriyaga topshirildi. Obyektiv monitoring omborning yo‘q qilinganligini tasdiqladi.
Krasniy Limandan chekinayotgan Ukraina Qurolli Kuchlari jangarilari Shurovo qishlog‘i yaqinidagi tashlab ketilgan pansionatda vaqtincha joylashgan edi. U yerga Rossiya havo kuchlarining Su-34 samolyoti ekipaji tomonidan FAB-1500 havo bombasi bilan zarba berildi. Hujum natijasida UQKning 63-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasidan 30 tagacha askari yo‘q qilindi.
Zaporojye viloyatida Rossiya kuchlari "Geran" dronlari yordamida UQKning FPV dronlari va harbiy texnika saqlanadigan omborni vayron qildi.
Zaporojye viloyatida Rossiya kuchlari "Geran" dronlari yordamida UQKning FPV dronlari va harbiy texnika saqlanadigan omborni vayron qildi.
Shuningdek Rossiya uchuvchisiz tizimlar qo‘shinlari Kiyev, Sumi va Chernigov viloyatlaridagi dushmanning muhim energetika inshootlariga zarba berdi.
So‘nggi 24 soat davomida Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari 1450 nafar harbiy xizmatchilarni, 21ta jangovar zirhli texnikani, 15ta dala artilleriya qurollarini, 4ta ekipajsiz katerlarni, 3ta reaktiv o‘t ochish tizimi mashinasi, 67ta harbiy avtomobilini va 483 ta uchuvchisiz apparatlarini tashkil qildi qildi.