Devor yo‘q, lekin chegara bor: Germaniya jamiyati haligacha ikkiga bo‘lingan

© Sputnik / Zaxari Shoyrer / Mediabankka o‘tishAksiya "Bessmertniy polk" za rubejom
Aksiya Bessmertniy polk za rubejom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2026
Obuna bo‘lish
Germaniya jamoatchiligi Ulug‘ Vatan urushi va Ukraina masalasida sobiq GDR va GFR chegarasi bo‘ylab ikkiga bo‘lingan.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Germaniyada jamiyat sobiq GDR va GFR chegarasi bo‘ylab ikkiga bo‘lingan, deb xabar beradi Germaniyaning Der Spigel jurnali.

Bu Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasida yaqqol ko‘rinmoqda. O‘tgan yili o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, sobiq Sharqiy Germaniya davlatlarida respondentlarning 41 foizi Ukrainaga harbiy yordamni kamaytirishni ma’qullagan, G‘arbiy Germaniyada esa bu ko‘rsatkich atigi 24 foizni tashkil etgan.

"Germaniyada o‘zaro mojaro chiziqlari sobiq Germaniya ichidagi chegara bo‘ylab o‘tadi. Buning tarixiy sabablari bor. 85-yil oldin boshlangan Urush yaralari hali ham nemislarning xotirasida yorqin va yerda bilinadi", - deyiladi maqolada.
Avvalroq Berliner Zeitung gazetasi oradan 35-yil o‘tganiga qaramasdan Sharqiy va G‘arbiy Germaniyada oyliklar orasida tafovut haligacha saqlanib qolganini xabar qilgan edi. Nashr o‘z maqolasida Federal statistika boshqarmasi ma’lumotlariga asoslangan.
Shanba 20-iyun kuni Berlinda Ulug‘ Vatan urushi boshlangan kun (22 iyun) arafasida urushga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar shahar markazi bo‘ylab "Mamlakatimiz tinchlik istaydi", "Rossiyaga nisbatan tajovuzkor siyosatga qarshi" va "Hozir NATOdan chiqing" kabi shiorlar tushirilgan plakatlarni ko‘tarib o‘tishdi.
Yangiliklar lentasi
0