Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Ukrainaning dron ishlab chiqaruvchi korxonasiga zarba berdi — video

Obuna bo‘lish
Rossiya qo‘shinlari Krasniy Liman va Konstantinovkani ildam ozod qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Rossiya Aerokosmik Kuchlari Xarkov shimoli-g‘arbiy chekkasida joylashgan Ukrainaning uchuvchisiz apparatlar ishlab chiqarish korxonasiga zarba berdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
Su-34M samolyoti zarbasi natijasida uchuvchisiz apparatlar ishlab chiqarish korxonasi va ularning ehtiyot qismlarini saqlanadigan ombori vayron bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Shuningdek Rossiya Qurolli kuchlari DXRning Krasniy Liman shaharchasida hujumni davom ettirmoqda.
"67-motorli o‘qchi diviziyasining bo‘linmalari shaharning shimoli-g‘arbiy qismida hujum qilib, <...> dushmanning beshta istehkomini egallab oldi va 47 ta binoni ukrainalik jangarilardan tozaladi", deyiladi xabarda.
Shaharning janubiy tumanlarida jangchilar 120-hududiy mudofaa brigadasining bloklangan qo‘shinlar guruhini deyarli yo‘q qilishdi. Atigi 24 soat ichida ular 30 tagacha jangari, zirhli mashinasi, pikap, AQShda ishlab chiqarilgan "Paladin" 155 mm o‘ziyurar artilleriya bloki va oltita yer usti robot tizimlarini yo‘q qilishdi.
Kostantinovkada "Janub" kuchlar guruhning hujumchi brigadalari 94 ta binoni ozod qildi. Ukraina qurolli kuchlari 95 tagacha askar, ikkita zirhli jangovar mashina, 15 ta transport vositasi, ikkita dala artilleriya bo‘lagi va 21 ta yer usti robot tizimlarini yo‘qotdi.
O‘tgan sutka davomida Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari 1370 nafar shaxsiy tarkib, 11ta jangovar zirhli texnika, 15 ta dala artilleriya qurollari, 2ta yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi mashinalari, 90ta harbiy avtomobillar, 740ta uchuvchisiz apparatlarni tashkil qildi.
Yangiliklar lentasi
0