Ekologiya qo‘mitasi Surxondaryoda fuqaro tomonidan yaratilgan o‘rmonni ko‘zdan kechirdi

© Komitet po EkologiiAziz Abduhakimov vstretilsya s Aleksandrom Fedinim
Aziz Abduhakimov vstretilsya s Aleksandrom Fedinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2026
Obuna bo‘lish
Oqtepa suv omobori hududida Aleksandr Fedin tomonidan yaratilgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida ekologiya sohasi fidoyisi Aleksandr Fedin bilan uchrashib, "Oqtepa" suv ombori hududida yaratilgan bog‘ni ko‘zdan kechirdi.
© Komitet po EkologiiAziz Abduhakimov vstretilsya s Aleksandrom Fedinim
Aziz Abduhakimov vstretilsya s Aleksandrom Fedinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2026
Aziz Abduhakimov vstretilsya s Aleksandrom Fedinim
Rais muloqot davomida Fedin davlat himoyasida ekanligi hamda Ekologiya qo‘mitasi tizimidagi O‘rmon agentligiga ishga olinishini ta’kidladi.
Qolaversa, "Oqtepa" suv ombori hududidagi, uzoq yillar davomida noyob daraxtzorga aylantirilgan, yovvoyi hayvonlar, qushlar va boshqa bioxilma-xillik obyektlari mavjud bo‘lgan yer maydonida "Dendrologiya bog‘i" tashkil etiladi.
Bundan tashqari, ko‘p yillik mehnati, tabiatni asrashga qo‘shgan hissasi hamda ijtimoiy holatini inobatga olib, Fedin uchun dendrologiya bog‘i hududida zarur qulayliklarga ega kichik uy-joy ham barpo qilinadi.
Shu bilan birga, bog‘ xodimlariga kerakli shart-sharoitlar yaratiladi, xususan, ular kvadrotsikllar bilan ta’minlanadi.
© Komitet po EkologiiAziz Abduhakimov vstretilsya s Aleksandrom Fedinim
Aziz Abduhakimov vstretilsya s Aleksandrom Fedinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2026
Aziz Abduhakimov vstretilsya s Aleksandrom Fedinim
Yangiliklar lentasi
0