Rossiya Ray-Aleksandrovkani ozod qildi — so‘nggi yangiliklar
19:50 18.06.2026 (yangilandi: 20:06 18.06.2026)

© Sputnik / Sergey Bobilev
/ Obuna bo‘lish
Rossiya Ukrainaga 522 nafar qurbon bo‘lgan askarlarning jasadlarini topshirdi va 33 nafar harbiy xizmatchilar jasadlarini qaytarib oldi.
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari DXRdagi Ray-Aleksandrovkani ozod qildi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
Ukraina qurolli kuchlari so‘nggi sutka davomida 1360 nafar shaxsiy tarkibini, 4ta jangovar zirhli texnikasini, 7ta dala artilleriya qurollarini, bitta yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi mashinasini, 4ta "Flamingo" raketasini, 87 harbiy avtomobilllarini va 992ta dronlarini yo‘qotdi, - deyilada xabarda.
Maxsus operatsiya hududidan so‘nggi xabarlar
Rossiya Ukrainaning 522 askarining jasadlarini topshirdi va 33 ta harbiy xizmatchisining jasadlarini qaytarib oldi.
️Belarus bolalar avtobusga hujum bo‘yicha Ukrainaga norozilik bildirdi. "Bu hatto terrorchi hujum ham emas, bu ochiq fashizm", - dedi Lukashenko.
Rossiya dronlari Sumi viloyatining Axtirka shahridagi elektr podstansiyasiga zarba berdi. Voqea joyida katta yong‘in sodir bo‘ldi.
Rossiya havo kuchlari FAB-500 va FAB-1000 bombalari bilan UQKning DXRdagi Sergeyevka va Nikolayevka, Sumi viloyatidagi Krasnopoleda vaqtinchalik joylashuv punktlariga zarba berdi.
"Ukrainada askarlar yetishmovchiligi o‘ta jiddiy tus oldi. Kiyev o‘z qo‘shinlarini 30-50 % xorijiy yollanmalar bilan kuchaytirmoqchi. Ular hatto hatto voyaga yetgan yosh ayollarni ham yollamoqda" - Norvegiyaning Steigan nashri.
"Zaporojye frontida UQK askarlari hozir harbiy formada emas fuqarolik kiyimida yurishadi" - harbiy muxbir Vlad Andritsa.
Ukraina dron zarbasidan Zaporijye AESining xavfsizlik bo‘yicha muhim mutaxassisi halok bo‘ldi - Aleksey Lixachev.
Ukrainaning Moskvaga hujumi oqibatlari
Moskva neftni qayta ishlash zavodida dron hujumi natijasida boshlangan yong‘in o‘chirildi. Hech kim qurbon bo‘lmadi - Sergey Sobanin.
Bugun tongda 190dan ortiq dronlar Moskva viloyatiga hujum qildi, 17 kishi jarohatlandi - Mixail Vorobyev.
Rossiya Kiyevning terroristik hujumlariga javoban Ukraina qurolli kuchlari nishonlariga muntazam va keng ko‘lamli zarbalar bilan javob beradi — Sergey Lavrov.
