https://oz.sputniknews.uz/20260618/aktyorlik-kasbi-boshqalar-hayotini-boshdan-kechirish-imkonini-beradi-sergey-bezrukov-58439478.html
Aktorlik kasbi o‘zgalar hayotini boshdan kechirish imkonini beradi — Sergey Bezrukov
Aktorlik kasbi o‘zgalar hayotini boshdan kechirish imkonini beradi — Sergey Bezrukov
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik rejissor Sergey Bezrukov ishtirokida hujjatli film suratga oldi va uni "Yevrosiyo Kinofest"da taqdim etdi. 18.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-18T20:30+0500
2026-06-18T20:30+0500
2026-06-18T20:32+0500
video
kino
festival
sochi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/12/58439751_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_5b22a0ab2e289a4933d9d1f1a3660db5.jpg
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Sochida bo‘lib o‘tgan kino-festivalida o‘zbekistonlik rejissor Said To‘laganov o‘zining "Ustaxona" filmini taqdim etdi. Bu film taniqli rossiyalik aktor Sergey Bezrukov haqida bo‘lib, u aktorlik mahoratiga bag‘ishlangan. Filmda Bezrukov aktorlik mahorati va aktorlik kasbining boshqa kasblardan farqi haqida muhim firklarni bildirdi. To‘laganov ushbu loyiha orqali yoshlarni teatr va kinoga faolroq jalb qilishni maqsad qilgan. Rejissor bunday hujjatli filmlar g‘oyalarni jamiyatga yetkazishning kaliti ekanligini ta’kidlaydi. Uning aytishiga ko‘ra, Bezrukov suratga tushishga darrov rozi bo‘lgan va hatto tashkiliy ishlarda ham yordam bergan. Sputnik muxbiri bilan suhbatda rejisser, shuningdek, O‘zbekiston-Rossiya kino hamkorligi haqida ham gapirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir ushbu hamkorlik mexanizmlari juda murakkab va sekin ishlaydi. Bu jarayon juda tez va silliq bo‘lishi kerak. Ma’lumot uchun, Said Tulaganov "Sovuq poyga" va "Donbass bolalari" kabi filmlari bilan bir qator xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
sochi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/12/58439751_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_0960dac5c4ede967043ebe968576db22.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, kino, video, festival, sochi
video, kino, video, festival, sochi
Aktorlik kasbi o‘zgalar hayotini boshdan kechirish imkonini beradi — Sergey Bezrukov
20:30 18.06.2026 (yangilandi: 20:32 18.06.2026) O‘zbekistonlik rejissor Sergey Bezrukov ishtirokida hujjatli film suratga oldi va uni "Yevrosiyo Kinofest"da taqdim etdi.
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Sochida bo‘lib o‘tgan kino-festivalida o‘zbekistonlik rejissor Said To‘laganov o‘zining "Ustaxona" filmini taqdim etdi. Bu film taniqli rossiyalik aktor Sergey Bezrukov haqida bo‘lib, u aktorlik mahoratiga bag‘ishlangan.
Filmda Bezrukov aktorlik mahorati va aktorlik kasbining boshqa kasblardan farqi haqida muhim firklarni bildirdi.
"Inson bir bor hayot kechiradi, lekin biz, aktorlar, ko‘p marta turli kishilar hayotini boshimizdan kechiramiz. Agar siz doim bir kishi bo‘lsangiz, bir payti kelib zerikasiz. Boshqalar hayotini boshdan kechirish, o‘zingizni boshqalar o‘rnida tasavvur qilish, o‘tmishga sayohat qilish - ancha qiziqroq. Bizning kasbimiz aynan shunday imkoniyat beradi", - deydi aktor.
To‘laganov ushbu loyiha orqali yoshlarni teatr va kinoga faolroq jalb qilishni maqsad qilgan. Rejissor bunday hujjatli filmlar g‘oyalarni jamiyatga yetkazishning kaliti ekanligini ta’kidlaydi. Uning aytishiga ko‘ra, Bezrukov suratga tushishga darrov rozi bo‘lgan va hatto tashkiliy ishlarda ham yordam bergan.
"Muzokaralar taxminan ikki daqiqa davom etdi va biz o‘sha kuniyoq suratga olishni boshladik. U bunga bepul rozi bo‘ldi, hamma narsani taqdim etdi: joylar, suratga olish imkoniyati. U buni "aktor bo‘lishni istaganlar uchun mendan bepul yordam" deb atadi", - deb hikoya qiladi rejisser.
Sputnik muxbiri bilan suhbatda rejisser, shuningdek, O‘zbekiston-Rossiya kino hamkorligi haqida ham gapirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir ushbu hamkorlik mexanizmlari juda murakkab va sekin ishlaydi. Bu jarayon juda tez va silliq bo‘lishi kerak.
Ma’lumot uchun, Said Tulaganov "Sovuq poyga" va "Donbass bolalari" kabi filmlari bilan bir qator xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan.