https://oz.sputniknews.uz/20260617/ukraina-bryansk-viloyatida-bolalar-avtobusiga-hujum-qildi-58408575.html
Ukraina Bransk viloyatida bolalar avtobusiga hujum qildi
Ukraina Bransk viloyatida bolalar avtobusiga hujum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Avtobusda 44 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hujumda bir ayol qurbon bo‘ldi, bir necha bolalar jarohat oldi. 17.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-17T15:28+0500
2026-06-17T15:28+0500
2026-06-17T17:32+0500
ukraina
dron
hujum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/11/58412438_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_2cdd12b3c464525865d699052b9884ba.jpg
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari Bransk viloyatida Belarusdan bolalarni olib ketayotgan avtobusga hujum qildi. Bu haqda viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Yegor Kovalchuk xabar berdi. "Ukraina Qurolli Kuchlari Gelendjikka ta’tilga ketayotgan Gomel bolalar futbol jamoasi avtobusiga hujum qilish uchun samolyot turidagi drondan foydalandi", deb yozgan u Max platformasida.Barcha jabrlanuvchilar kasalxonaga olib ketildi va u yerda tibbiy yordam ko‘rsatildi. Qolgan yo‘lovchilar tez orada uylariga qaytariladi.Belarus TIV ushbu hujumni terrorchilik akti deb atadi. Rossiya Tergov qo‘mitasi JKning "terror hujumi" bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Ukraina DXRda yo‘lovchi avtobusga hujum qilishi oqibatida 12 kishi qurbon bo‘lgan edi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/11/58412438_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_e7057e273902b8daa5882352c18d633f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, dron, hujum
Ukraina Bransk viloyatida bolalar avtobusiga hujum qildi
15:28 17.06.2026 (yangilandi: 17:32 17.06.2026) Avtobusda 44 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hujumda bir ayol qurbon bo‘ldi, bir necha bolalar jarohat oldi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari Bransk viloyatida Belarusdan bolalarni olib ketayotgan avtobusga hujum qildi. Bu haqda viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Yegor Kovalchuk xabar berdi.
"Ukraina Qurolli Kuchlari Gelendjikka ta’tilga ketayotgan Gomel bolalar futbol jamoasi avtobusiga hujum qilish uchun samolyot turidagi drondan foydalandi", deb yozgan u Max platformasida.
Avtobusda 44 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 28 nafari yosh sportchilar. Hujum oqibatida bolalar bilan birga bo‘lgan bir ayol halok bo‘ldi. Olti kishi, jumladan, to‘rt nafar o‘smir jarohat oldi, deyiladi xabarda.
Barcha jabrlanuvchilar kasalxonaga olib ketildi va u yerda tibbiy yordam ko‘rsatildi. Qolgan yo‘lovchilar tez orada uylariga qaytariladi.
Belarus TIV ushbu hujumni terrorchilik akti deb atadi. Rossiya Tergov qo‘mitasi JKning "terror hujumi" bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Ukraina DXRda yo‘lovchi avtobusga hujum qilishi oqibatida 12 kishi qurbon bo‘lgan edi.