Toshkentda yadro tibbiyoti markazi qachon ishga tushadi?

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Markaz diagnostika, davolash, radiojarrohlik va radiofarmatsevtika preparatlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ulanadi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. O‘zbekiston-Rossiya Yadro Tibbiyot Markazi 2027-yil oxiriga qadar ochilishi rejalashtirilgan.

Toshkent xalqaro investitsiya forumida bo‘lajak markaz taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
"Yangi Toshkent hududidagi tibbiy klaster doirasida 6 gektar yer uchastkasi sotib olindi. U yerda Markaziy Osiyoda birinchi to‘liq siklli Yadro Tibbiyot Markazi quriladi. Biz 2026-yilda ushbu maydonda beton va qurilish ishlarini boshlashni va 2027-yil oxiriga qadar yakunlashni rejalashtirmoqdamiz", - dedi Yadro Tibbiyot Markazi direktori Yevgeniy Kaplan Sputnik muxbiriga.
Yadro Tibbiyot Markazi onkologik, nevrologik, yurak va ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni davolashga qaratilgan. Shu maqsadda zamonaviy diagnostika, jumladan, PET-KT skaneri, MRT, siklotron kompleksi va chiziqli tezlatgich taqdim etiladi.

Markaz shuningdek, radiofarmatsevtika laboratoriyasi, Gamma pichog‘i va Kiberpichoq bilan jihozlanadi.
"Gamma pichog‘i miya va bosh suyagi asosi kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallangan. Kiberpichoq - bu stereotaktik radiojarrohlik va radioterapiya uchun robotlashtirilgan tizim bo‘lib, u nafaqat boshni, balki tananing deyarli har qanday qismini davolashi mumkin", deb tushuntirdi Yevgeniy Kaplan.

Uskunalaraning ayrimlari allaqachon O‘zbekiston hududiga olib kelingan va Markaz qurilib bitgunicha omborxonada saqlanmoqda.

“Yadro tibbiyoti markazining tashkil etilishi O‘zbekiston tibbiyot sohasi rivoji uchun muhim qadam bo‘ladi. Bu aholiga yuqori texnologik tibbiy yordamdan foydalanish imkonini beradi, milliy kadrlarni tayyorlashga va tibbiy turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi. Loyihaning ikkinchi bosqichi ham nazarda tutilgan — bu xuddi shu hududda proton terapiya markazini tashkil etishdir”, — deb ta’kidladi Kaplan.
Yangiliklar lentasi
0