Davlat tashkilotlarida 18-iyun kuni ish soat 10 dan boshlanadi

© UFASbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston-Kolumbiya o‘yini 18-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda ertga 18-iyun kuni barcha davlat tashkilotlarida ish vaqti soat 10 da boshlanadi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
"Muxlislarimizga sharoit yaratish uchun, ushbu match O‘zbekiston vaqti bilan sal erta boshlanishini hisobga olgan holda, prezidentimiz ertaga davlat tashkilotlarida ish kuni soat 10 da boshlanishini belgilab berdilar. Xususiy korxonalar o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zlari hal qiladilar", - dedi Asadov jurnalistlarga.
Shuningdek matbuot kotibi, prezident ertangi matchni uyda, oila davrasida, nabiralari bilan tomosha qilishini aytdi.
Sherzod Asadov, shuningdek, xorijiy delegatsiyalar vakillari bilan muloqotlar davomida ular Toshkent va boshqa shaharlarning bugungi qiyofasi ularda katta taassurot qoldirotganini qayta-qayta ta’kidlashayotganini aytib o‘tdi. Ular, ayniqsa, poytaxtning ozodaligi va xalqimizning yuksak madaniyatini alohida qayd etmoqda, dedi Asadov.
"Xalqimiz mana shu tadbirning ahamiyatini tushungan holda, juda yuksak madaniyatini ko‘rsatishmoqda. Shu fursatdan foydalangan holda, barcha obodonlashtirishdagi opa-singillarimiz, barcha haydovchilarga, Toshkent ahli va mehmonlarga hurmatli Prezidentimiz minnatdorliklarni yetkazmoqchiman,“ - dedi Asadov.
Ma’lumot uchun, bugun va erta Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Investitsiya forumi munosabati bilan O‘zbekistonda 102 davlatdan delegatsiyalar hamda 3 mingga yaqin xalqaro tashkilot vakillari mehmon bo‘lib turibdi.
Yangiliklar lentasi
0