Rossiya Qora va Azov dengizlari huquqlari bo‘yicha xalqaro arbitrajda g‘alaba qozondi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishGoroda Rossii. Kerch
Goroda Rossii. Kerch - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ushbu arbitraj jarayoni 10-yil davom etdi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Rossiya Qora dengiz, Azov dengizi va Kerch bo‘g‘ozlarida qirg‘oq davlati huquqlari bo‘yicha xalqaro arbitrajda g‘alaba qozondi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Asosiy bayonotlar:
Rossiya va Ukraina o‘rtasida 10-yil davom etgan bahs bo‘yicha yakuniy qaror chiqarildi. Kiyevning Qrim va unga tutash suvlar ustidagi Rossiyaning suverenitetiga e’tiroz bildirishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Ish Rossiyaning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Rossiyaning BMTning dengiz huquqi to‘g‘risidagi konvensiyasining o‘nlab moddalarini buzganlikda ayblagan Ukrainaning ko‘plab talablari rad etildi.
Gaagadagi arbitraj Qrim akvatoriyasida tabiiy resurslardan foydalanganligi uchun Rossiyadan “kompensatsiya” va “reparatsiya” undirish to‘g‘risidagi Kiyevning da’volarini rad etdi.
Kiyevning Rossiya tomonidan butun Azov dengizi ustidan suverenitet e’lon qilinishini xalqaro huquqning buzilishi deb tan olish talabi rad etildi.
Ukrainaning G‘arb mamlakatlari ko‘magida Kerch bo‘g‘ozini “xalqaro” deb e’lon qilishga urinishi ham muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi.
Gaagadagi arbitraj Ukrainaning Qrim ko‘prigini buzib tashlash to‘g‘risidagi bema’ni va surbetcha talabini rad etdi.
Ukrainaning Qrim akvatoriyasida Rossiya tomonidan ekologiyaga zarar yetkazgani haqidagi barcha ayblovlari ham rad etildi.
“Arbitrajning ushbu qarori Ukraina va G‘arbning Rossiyaga qarshi boshlangan “huquqiy urushda”da o‘ta ta’sirsan mag‘lubiyati”, – deya xulosa qildi Rossiya TIV.
Pervoe inostrannoe sudno vishlo v more iz porta Mariupolya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2026
Ukrainaning Qora dengizdagi hujumlari G‘arbning zaifligini namoyish qildi - OAV
Yangiliklar lentasi
0