Qo‘shnilar yetakchi: O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qayerdan kelmoqda

Obuna bo‘lish
Besh oy ichida O‘zbekistonga 5,3 mln nafardan ziyod turist keldi, ular soni o‘tgan yilga qaraganda 27,3 foizga ko‘p.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar-mayida jami 5,3 mln nafardan ziyod xorijlik turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 mln nafarga yoki 27,3 foizga oshgan.
Kelayotgan sayyohlar orasida qo‘shni davlatlar fuqarolari yaqqol yetakchi. Xususan, Qirg‘izistondan 1,5 mln nafardan ziyod, Qozog‘iston va Tojikistondan esa 1,2 million nafardan ortiq sayyoh kelgan.
Rossiya va Afg‘oniston kuchli top-5 likda.
Batafsil – Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0