O‘zbekiston Albaniya portidan foydalanishi mumkin

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPeregovori prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Albanii Bayrama Begaya
Peregovori prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Albanii Bayrama Begaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Albaniya munosabatlari hamkorlikning yangi bosqichiga olib chiqildi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekiston o‘z mahsulotlarini jahon bozorlariga chiqarishda Albaniya portidan foydalanishi mumkin. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning albaniyalik hamkasbi Bayram Begay bilan muzokaralari chog‘ida ma’lum qilindi.

“O‘zbekiston mahsulotlarini Janubiy Yevropa va O‘rta yer dengizi bozorlariga chiqarishda logistika xabi sifatida Albaniyaning Durres portidan foydalanish imkoniyatlari o‘rganiladi”, - deyilgan O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Toshkentdagi muzokaralarda ikki davlat o‘rtasida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPeregovori prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Albanii Bayrama Begaya
Peregovori prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Albanii Bayrama Begaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2026
Peregovori prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Albanii Bayrama Begaya
Mirziyoyev O‘zbekiston va Albaniya munosabatlari tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan bu sammit alohida ahamiyatga ega ekanini, uning ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishini qayd etdi.
Tomonlar tovar ayirboshlashni kengaytirishga, agrosanoat majmui, “yashil” energetika, geologiya, axborot texnologiyalari va raqamlashtirish, turizm hamda boshqa muhim sohalarda keng ko‘lamli kooperatsiya dasturini tayyorlashga alohida e’tibor qaratdi.
Hamkorlikning iqtisodiy kun tartibini ilgari surish maqsadida Hukumatlararo komissiyani tashkil etish va uning birinchi yig‘ilishini joriy yilda Toshkent shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.
Madaniy-gumanitar sohada tomonlar o‘zaro Madaniyat kunlari, kino namoyishlari, ko‘rgazma va ijodiy safarlarni tashkil etish muhimligini ta’kidladi.
Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.
Bayram Begay rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Tashrif dasturiga muvofiq, Albaniya rahbari V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0