ShHTga qo‘shilish uchun 20 taga yaqin mamlakat ariza berdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev
/ Obuna bo‘lish
Bu ShHT qadriyatlari va tamoyillariga bo‘lgan talab yuqori ekanidan dalolat beradi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) to‘liq a’zo yoki birlashmaning hamkori maqomini olishga da’vogar 20 taga yaqin davlatdan rasmiy murojaat oldi. Bu haqda ShHT bosh kotibi Nurlan Yermekbayev tashkilotning 25-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ma’lum qildi.
“Hozir dunyo hamjamiyati tomonidan tashkilotga yuqori qiziqish kuzatilmoqda, ShHTga u yoki bu maqomda qo‘shilish arizasi savatchasida 20 taga yaqin murojaat bor”, - dedi Yermekbayev. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ShHT qadriyatlari va tamoyillariga bo‘lgan talab yuqori ekanidan dalolat beradi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan. Unga Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo.
Muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Laos, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka.
Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston.
