Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish tartibi belgilandi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishMoskovskiy pedagogicheskiy gosudarstvenniy universitet
Moskovskiy pedagogicheskiy gosudarstvenniy universitet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2026
Obuna bo‘lish
Bu haqida 11-iyun kuni qabul qilingan Hukumatning 299-sonli qarorida aytib o‘tilgan.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Unga ko‘a, ushbu sohada Bilim va malakalarni baholash agentligi (Agentlik) vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Talabalar har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar YaIDXP yoki Agentlikning maxsus elektron platformasi yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali ariza beradi.
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar ishchi organ tomonidan har yili 15-iyuldan 6-avgustgacha ko‘rib chiqiladi hamda arizani qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Bu haqda ariza beruvchiga YaIDXP yoki maxsus platforma orqali xabarnoma yuboriladi.
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha QR-kodli imtihon natijasi vakolatli organ tomonidan har yili imtihonlar yakunlangandan so‘ng 1 hafta ichida ariza beruvchiga yuboriladi.
So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlansa, belgilangan hujjatlar to‘plami to‘liq taqdim etilmasa yoki to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa bu — arizani rad etishga asos bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0