AQSh dunyo bo‘ylab 120 ta biolaboratoriyani moliyalashtirgan – MRB direktori

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPreduprejdayushaya tablichka na dveri biolaboratorii, illyustrativnoe foto
Preduprejdayushaya tablichka na dveri biolaboratorii, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2026
Obuna bo‘lish
Ukrainadagi 40 ta laboratoriyalarda xavfli viruslar bilan ishlab, ularga yangi xususiyatlarni joriy qilish o‘rganilgan.
TOShKENT, 12-iyun – Sputnik. AQSh dunyoning 30 tadan ortiq mamlakatlarda 120 tadan ortiq biologik laboratoriyalarni moliyalashtirgani haqida dalillar bor. Bu haqida Milliy razvedka boshqarmasi direktori Tulsi Gabbard ma’lum qildi.

"Arxivlar va razvedka hamjamiyati yozuvlarini bir necha oy davomida o‘rganib chiqqanidan so‘ng Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbard AQSh hukumatining 30 tadan ortiq mamlakatlarda 120 tadan ortiq biologik laboratoriyalarni o‘nlab yillar davomida moliyalashtirganining yangi dalillarini topmoqda", - deyiladi idora bayonotida.

Jumladan, Ukrainaning Kiyev, Odessa, Xarkov va Lvov kabi shaharlarida 40 ta biolaboratoriya ishlagan. Ularning ko‘pchiligi deyarli hech qanday nazoratsiz xavfli patogenlar ustida tadqiqotlar olib borgan. Gap, xususan, kuydirgi, ebola, vabo va turli xil isitma kabi o‘ta xavfli patogenlar haqida ketmoqda, deyiladi MRB hujjatlarida.
Shu bilan birga, Bayden ma’muriyati Amerika biolaboratoriyalari haqidagi haqiqatni fosh qilishga uringanlarga tahdid qilgan.
Tulsi Gabbard oldin ham bir necha bor Ukrainada joylashgan laboratoriyalarda xavfli patogenlar mavjudligini xabar bergan edi. Jumladan, AQSh ushbu obyektlarni qurish va qo‘llab-quvvatlashga millionlab dollar sarflaganini va bu xarajatlarni amerikaliklardan yashirganini.
Shuningdek, biolaboratoriyalarda xavfli patogenlarni o‘rganish va ularga yangi xususiyatlar joriy etish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilganligi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, Russia Today nashri AQSh harbiylari tadqiqotlar uchun rus millatiga mansub kishilarning biomateriallarini to‘plashga urinayotgani haqida birinchi bo‘lib xabar bergan edi. Shuningdek, Ukrainada va sobiq Ittifoq mamlakatlarida Amerika biolaboratoriyalari faoliyati haqida ko‘plab materiallar chop etgan.
Rabota polevoy biolaboratorii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2026
AQSh Ukrainada 13ta biolaboratoriya uchun mablag‘ ajratgani tasdiqlandi
Yangiliklar lentasi
0