O‘zbekiston TIV futbolchilar kuchli tekshirilgani yuzasidan AQShdan tushuntirish so‘radi

© Sputnik / Avenir DeberdeyevFasad zdaniya s nadpisyu MID Uzbekistana
Fasad zdaniya s nadpisyu MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2026
Obuna bo‘lish
Nyu-York aeroportida futbolchilar va jamoa xodimlaridan sumka hamda anjomlarini avtobus yonidagi yerga qo‘yish so‘ralgan, ularning yonida kinolog xizmat iti bilan va boshqa xavfsizlik xodimlari turgan.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Nyu-York aeroportida kuchli tekshiruv o‘tkazilgani yuzasidan AQShning tegishli idoralaridan vaziyat bo‘yicha rasmiy tushuntirish berishni so‘radi. Bu haqda TIV matbuot kotibi Omonulla Fayziyev ma’lum qildi.
“Futbolchilarimiz bilan sodir bo‘lgan voqea yuzasidan mamlakatimizning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasi orqali AQShning tegishli idoralari bilan aloqa o‘rnatildi va vaziyat bo‘yicha rasmiy tushuntirish berilishi so‘raldi”, - dedi u RIA Novostiga.
Fayziyevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston tomoni har qanday xavfsizlik choralari davlatlarning ichki qoidalariga muvofiq qo‘llanishini tushunadi.
“Bu kabi jarayonlar sport tadbirlari ruhiga, xususan, o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlarga putur yetkazmasligi muhim deb hisoblaymiz”, - deya qo‘shimcha qildi TIV matbuot kotibi.
Keyinroq terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ham bu standart xavfsizlik tartib-qoidasi bo‘lganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqeada “hech qanday mojaro yo‘q” va “hech qanday kamsitish yoki hurmatsiz munosabat bo‘lmagan”.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston terma jamoasi AQShda Niderlandiyaga qarshi o‘yin oldidan kuchli tekshirilgani aks etgan videolar tarqalgandi. Xavfsizlik xodimlari futbolchilar va murabbiylardan sumkalar hamda sport anjomlarini yerga qo‘yishni so‘ragan. Sportchilar giyohvand moddalarni hidlovchi itlar bilan kutib olinib, metall detektorlardan o‘tishga majbur qilingan.
Yangiliklar lentasi
0