https://oz.sputniknews.uz/20260611/ozbekiston-baliq-58278040.html
O‘zbekiston baliq yetishtirish hajmini 500 ming tonnaga yetkazadi
O‘zbekiston baliq yetishtirish hajmini 500 ming tonnaga yetkazadi
Sputnik O‘zbekiston
Sohada yangi texnologiyalar joriy etiladi va tadbirkorlar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi. 11.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-11T16:54+0500
2026-06-11T16:54+0500
2026-06-11T16:54+0500
iqtisod
o‘zbekiston
baliq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/0b/58277863_0:131:3177:1918_1920x0_80_0_0_bb6b381f11219966c811bf98688b1384.jpg
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Kelasi yili O‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmi 500 ming tonnaga yetkaziladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimotida shunday topshiriq berdi.Ma’lum qilinishicha, sohani rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar bor. O‘zbekistonda 173 ming kilometr daryo va kanal o‘zanlari mavjud. Suv resurslari cheklangan bo‘lishiga qaramasdan, mamlakat Markaziy Osiyoda baliq yetishtirish hajmi bo‘yicha yetakchi o‘rinda turibdi. 2025-yilda 206 ming tonna baliq yetishtirilgan.Taqdimotda 329 ta tabiiy suv havzasi va suv ombori hamda ular atrofidagi 163 ming gektar yer maydonlarini ijaraga berishning yangi, shaffof tizimini joriy qilish, intensiv baliqchilik va naslchilik xo‘jaliklariga har yili zarur miqdorda suv yetkazib berish kafolatlanishi lozimligi qayd etildi.Sohada yangi texnologiyalarni joriy etish va tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, xususan, yopiq suv aylanma tizimini o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplash, naslli ona baliqlarni import qilish uchun subsidiya ajratish, quyosh panellarini o‘rnatish uchun subsidiya berish va aylanma mablag‘ uchun imtiyozli kreditlarning foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish lozimligi ta’kidlandi.Karp, laqqa, forel, osotr kabi baliq turlarining naslini yaxshilash, yangi zotlarni mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirish bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yiladi.Kelgusi yildan tog‘ oldi hududlarida yiliga forel va osotr balig‘i yetishtirish quvvatlarini yaratish rejalashtirilgan. Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti uchun Ohangaron darosi bo‘yida tajriba-sinov maydoni tashkil etiladi. Milliy karp zotini yaratish bo‘yicha xorijiy grantlar jalb etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250125/ozbekiston-baliqchilik-sohasi-mutaxassislar-47668199.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/0b/58277863_224:0:2955:2048_1920x0_80_0_0_6a06f74b0958b7f77f7cffbca1e39bbc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, baliq
iqtisod, o‘zbekiston, baliq
O‘zbekiston baliq yetishtirish hajmini 500 ming tonnaga yetkazadi
Sohada yangi texnologiyalar joriy etiladi va tadbirkorlar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Kelasi yili O‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmi 500 ming tonnaga yetkaziladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimotida shunday
topshiriq berdi. Ma’lum qilinishicha, sohani rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar bor. O‘zbekistonda 173 ming kilometr daryo va kanal o‘zanlari mavjud. Suv resurslari cheklangan bo‘lishiga qaramasdan, mamlakat Markaziy Osiyoda baliq yetishtirish hajmi bo‘yicha yetakchi o‘rinda turibdi. 2025-yilda 206 ming tonna baliq yetishtirilgan.
Taqdimotda 329 ta tabiiy suv havzasi va suv ombori hamda ular atrofidagi 163 ming gektar yer maydonlarini ijaraga berishning yangi, shaffof tizimini joriy qilish, intensiv baliqchilik va naslchilik xo‘jaliklariga har yili zarur miqdorda suv yetkazib berish kafolatlanishi lozimligi qayd etildi.
Sohada yangi texnologiyalarni joriy etish va tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, xususan, yopiq suv aylanma tizimini o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplash, naslli ona baliqlarni import qilish uchun subsidiya ajratish, quyosh panellarini o‘rnatish uchun subsidiya berish va aylanma mablag‘ uchun imtiyozli kreditlarning foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish lozimligi ta’kidlandi.
Baliqchilik xo‘jaliklariga kreditlar ajratish, milliy va xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qisman qoplash mexanizmlari joriy etiladi.
Karp, laqqa, forel, osotr kabi baliq turlarining naslini yaxshilash, yangi zotlarni mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirish bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yiladi.
Kelgusi yildan tog‘ oldi hududlarida yiliga forel va osotr balig‘i yetishtirish quvvatlarini yaratish rejalashtirilgan. Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti uchun Ohangaron darosi bo‘yida tajriba-sinov maydoni tashkil etiladi. Milliy karp zotini yaratish bo‘yicha xorijiy grantlar jalb etiladi.