O‘zbekistonda dorixonalardagi narxlarni tekshirish uchun yangi mobil ilova ishga tushiriladi

© Sputnik / Aktan TemirkanovApteka v Tashkente.
Apteka v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2026
Obuna bo‘lish
Dorilarni qimmat sotayotganlar qattiq jazolanadi.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda dorixonalardagi narxlarni tekshirish uchun yangi mobil ilova ishga tushiriladi. Bu haqda Toshkentda boshlangan V Xalqaro farmatsevtika forumida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
© SputnikV Tashkente proxodit V Mejdunarodniy farmatsevticheskiy forum
V Tashkente proxodit V Mejdunarodniy farmatsevticheskiy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2026
V Tashkente proxodit V Mejdunarodniy farmatsevticheskiy forum
O‘zbekiston farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov har bir foydalanuvchi dorixonalarda narxlarning adolatliginni mustaqil ravishda tekshirib, qoidabuzarlar ustidan shikoyat yuborishi mumkinligini ta’kidladi.
“Mobil ilova “Farmkontrol” (Farmnazorat) deb nomlanadi. Bir haftadan keyin biz hamma joyda reklama videosini joylaymiz. Endi odamlar mobil ilova orqali adolatli narxlarni tekshirishlari va qaysi narxda (dorilarni – tahr.) sotib olishayotganini tekshirishlari mumkin. Agar biror narsa noto‘g‘ri bo‘lsa, ular shikoyat qilishlari mumkin va biz noto‘g‘ri ishlayotgan dorixonalarni qattiq jazolaymiz”, - dedi Azizov.
Ikki kunlik forumda 20 tadan ortiq mamlakatdan 250 nafardan ziyod delegatlar qatnashmoqda. Ishtirokchilar orasida yetakchi xalqaro ishlab chiqaruvchilar, O‘zbekiston bozoridagi yirik distributorlar, tartibga soluvchi organlar vakillari, investorlar va soha mutaxassislari bor.
Dorixonada dorining haqiqiyligini qanday tekshirish mumkin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2024
Dorining haqiqiyligini qanday tekshirish mumkin — video
Yangiliklar lentasi
0