Andijonda to‘rt kishi poliklinikadagi quduqda zaharlanib vafot etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2026
Obuna bo‘lish
Viloyat prokuraturasiga ko‘ra, ular chiqindi sig‘imini tozalash va ta’mirlash uchun tushgan.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Andijon viloyati Marhamat tumanida tibbiyot birlashmasining to‘rt nafar texnik xodimi baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda
Hodisa 10-iyun kuni soat 11:00 atrofida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy poliklinika hududida sodir bo‘lgan.
Viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, birlashma qorovullari, haydovchi va elektr muhandisi oqova va chiqindi suvlar to‘planadigan bunkerni tozalash va ta’mirlash maqsadida uning ichiga tushgan.
Ular bunker ichida zaharlanib, suyuq axlat ichiga tushib ketgan va voqea joyida vafot etgan. Tezkor qutqaruv harakatlari davomida fuqarolarning murdalari bunker ichidan chiqarilib, o‘limi sabablari hamda boshqa holatlarni aniqlash maqsadida sud-tibbiy va boshqa zarur ekspertizalar tayinlangan.
"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani natijasida sodir bo‘lgan", — deyiladi hokimlik xabarda.
Sog‘liq saqlash vazirligining bildirishicha, sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, ularning o‘limiga vodorod sulfiddan o‘tkir zaharlanish va yuqori nafas yo‘llarining suyuqlik bilan berkilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Nashivka Ministerstvo vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2026
Farg‘onada bog‘cha bolalarida zaharlanish gumoni — jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Yangiliklar lentasi
0