Toshkentda temir yo‘l xodimi kanalda oqib ketayotgan qizni qutqarib qoldi

© Press-slujba AO "Uzbekiston temir yullari"
Obuna bo‘lish
Xodim Qorasuv kanali atrofida ish olib borayotgan vaqtida kanalda oqib ketayotgan va yordam so‘rayotgan ikki qizni ko‘rib qolgan.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Toshkentning Sergeli tumanida kanalda oqib ketayotgan o‘smir qiz temir yo‘l xodimi qutqarib qoldi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 9-iyun kuni “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialining Toshkent temir yo‘l masofasi korxonasi 20-sex mexanizatsiyalashgan brigadasi temir yo‘l sozlovchisi A’zam Ibrohimov xizmat vazifasini bajarayotgan paytda sodir bo‘lgan.
U Sergeli tumani hududidan o‘tuvchi Qorasuv kanali atrofida ish olib borayotgan vaqtida kanalda oqib ketayotgan va yordam so‘rab chaqirayotgan ikki nafar qizni ko‘rib qolgan. Ibrohimov darhol kanalga tushib, qizni qutqarib qolgan.

Jeleznodorojnik spas tonushuyu devochku v Sergeliyskom rayone Tashkenta.
© Press-slujba AO "Uzbekiston temir yullari"
“O‘zbekiston temir yo‘llari” xodimning bu jasorati va fidokorona harakati yuksak baholadi va unga tashakkurnoma, esdalik sovg‘asi hamda pul mukofoti topshirdi.