https://oz.sputniknews.uz/20260610/samarqand-58252008.html
Samarqand viloyati tumanlari ixtisoslashuv asosida rivojlantiriladi
Samarqand viloyati tumanlari ixtisoslashuv asosida rivojlantiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Bulung‘ur, Narpay, Oqdaryo, Paxtachi, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahrida qator maxsus loyihalar amalga oshiriladi. 10.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-10T16:23+0500
2026-06-10T16:23+0500
2026-06-10T16:36+0500
iqtisod
samarqand viloyati
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0e/38943612_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_0c3b9358364fa6cf89451d6a82c5b705.jpg
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekistonprezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati hududlarini kompleks rivojlantirish, olis va chekka tumanlarda aholi turmush darajasini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Xususan, Bulung‘ur, Qo‘shrabot, Paxtachi va Kattaqo‘rg‘on tumanlari qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va bog‘dorchilik markazi sifatida rivojlantiriladi.Bulung‘urda yillik quvvati 100 ming bosh bo‘lgan 50 million dollarlik naslchilik korxonasi, Qo‘shrabot va Oqdaryoda yillik quvvati 800 ming dona bo‘lgan 20 million dollarlik naslli jo‘ja korxonalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.Bu jarayonga Yaponiyaning 10 ta yirik kompaniyasini jalb etish ko‘zda tutilgan.Oqdaryo tumani parrandachilik, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi.Yig‘ilishda Narpay, Paxtachi, Pastdarg‘om tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahrida ishsizlik darajasini 3 foizga, kambag‘allikni 2 foizga tushirish, Ishtixon, Narpay, Nurobod, Paxtachi, Qo‘shrabot va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida eksportni 20 foizga oshirish, shuningdek, Bulung‘ur, Narpay, Nurobod, Payariq, Paxtachi, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahrida xizmatlar hamda sanoat hajmini 2 karra ko‘paytirish bo‘yicha loyihalar taqdimot qilindi.Mirziyoyev o‘tgan yil dekabr oyidagi Samarqand viloyatiga tashrifidan so‘ng hududni 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilanib, bunga qo‘shimcha 100 million dollar mablag‘ ajratilgan edi. Shu yil mart oyida Narpay tumaniga tashrif davomida esa viloyatning olis va chekka hududlarini alohida yondashuv asosida rivojlantirish bo‘yicha topshiriq berilgandi.
https://oz.sputniknews.uz/20260318/mirziyoev-samarkand-loyiha-start-56357344.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0e/38943612_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_f6dfe13a244e74125e6f4812b06153ca.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, samarqand viloyati, shavkat mirziyoyev
iqtisod, samarqand viloyati, shavkat mirziyoyev
Samarqand viloyati tumanlari ixtisoslashuv asosida rivojlantiriladi
16:23 10.06.2026 (yangilandi: 16:36 10.06.2026) Bulung‘ur, Narpay, Oqdaryo, Paxtachi, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahrida qator maxsus loyihalar amalga oshiriladi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekistonprezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati hududlarini kompleks rivojlantirish, olis va chekka tumanlarda aholi turmush darajasini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Xususan, Bulung‘ur, Qo‘shrabot, Paxtachi va Kattaqo‘rg‘on tumanlari qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va bog‘dorchilik markazi sifatida rivojlantiriladi.
Bulung‘urda yillik quvvati 100 ming bosh bo‘lgan 50 million dollarlik naslchilik korxonasi, Qo‘shrabot va Oqdaryoda yillik quvvati 800 ming dona bo‘lgan 20 million dollarlik naslli jo‘ja korxonalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Narpay tumani va Kattaqo‘rg‘on shahri sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarining o‘sish nuqtasiga aylantiriladi. Jumladan, Narpayda 100 gektar maydonda sanoat zonasi tashkil etilib, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha 500 million dollarlik loyihalar joylashtiriladi.
Bu jarayonga Yaponiyaning 10 ta yirik kompaniyasini jalb etish ko‘zda tutilgan.
Oqdaryo tumani parrandachilik, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi.
Yig‘ilishda Narpay, Paxtachi, Pastdarg‘om tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahrida ishsizlik darajasini 3 foizga, kambag‘allikni 2 foizga tushirish, Ishtixon, Narpay, Nurobod, Paxtachi, Qo‘shrabot va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida eksportni 20 foizga oshirish, shuningdek, Bulung‘ur, Narpay, Nurobod, Payariq, Paxtachi, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahrida xizmatlar hamda sanoat hajmini 2 karra ko‘paytirish bo‘yicha loyihalar taqdimot qilindi.
Mirziyoyev o‘tgan yil dekabr oyidagi Samarqand viloyatiga tashrifidan so‘ng hududni 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilanib, bunga qo‘shimcha 100 million dollar mablag‘ ajratilgan edi. Shu yil mart oyida Narpay tumaniga tashrif davomida esa viloyatning olis va chekka hududlarini alohida yondashuv asosida rivojlantirish bo‘yicha topshiriq berilgandi.