Toshkent metrosining “Chinor” bekati 50 kunga yopiladi

© Sputnik / Baxrom XatamovNazemnaya liniya metro Tashkenta
Nazemnaya liniya metro Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2026
Obuna bo‘lish
Bekatda yo‘lovchilar uchun qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish maqsadida rekonstruksiya ishlari olib boriladi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Toshkent metrosining “Chilonzor” yo‘nalishidagi “Chinor” bekati 13-iyundan 50 kunga vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt metropoliteni matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bekatda yo‘lovchilar uchun qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish maqsadida rekonstruksiya ishlari olib boriladi.
Quyidagi ishlarni bajarish rejalashtirilgan:
bekatning kirish va chiqish qismlarini kengaytirish;
keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolali oilalar qulayligi uchun 4 ta katta sig‘imli lift o‘rnatish;
yo‘lovchilar oqimini tezlashtirish maqsadida qo‘shimcha 12 ta turniket qo‘yish.
Ta’kidlanishicha, bekat yopilgan davrda transport qatnovi uzluksizligini ta’minlash uchun “Chinor” va “Yangihayot” metro bekatlari oralig‘ida bepul maxsus metrobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Ular belgilangan jadval asosida harakatlanadi.
Rinok Abu-Saxiy v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2026
“Mingo‘rik” — Abu Saxiy metro yo‘nalishi loyihasi qachon tayyor bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0