Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Bosh kotiblikka nomzod: BMT Ukraina mojarosini hal qilishda yordam berishga urinishi shart

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishFlag OON
Flag OON  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2026
Obuna bo‘lish
Rebeka Grinspa tashkilot bosh kotibi lavozimiga saylangan taqdirda Ukraina mojarosini hal qilish ustida ishlashini ta’kidlagan.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Ukrainadagi mojaroni hal etishda yordam berishga urinib ko‘rishi shart. Bu haqda tashkilot bosh kotibi lavozimiga nomzod Rebeka Grinspan ma’lum qildi.
“Men o‘ylaymanki, BMT (mojaroni hal qilishga) urinib ko‘rishi shart. Biz tomonlarni bizda muzokaralar stoli ustiga qo‘yish mumkin bo‘lgan biron-bir narsa borligiga ishontirishga urinib ko‘rishimiz shart”, - deya iqtibos keltiradi RIA Novosti Grinspan so‘zlaridan.
Ilgari u Rossiya bilan ishlashga tayyorligini bildirib, Moskva bilan muloqot BMT uchun asosiy deb atagandi. Shuningdek, Grinspan tashkilot bosh kotibi lavozimiga saylangan taqdirda Ukraina mojarosini hal qilish ustida ishlashini ta’kidlagan.
Rebeka Grinspan – iqtisodchi va Kosta-Rikaning sobiq vitse-prezidenti. Qolaversa, u BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (YuNKTAD) bosh kotibi lavozimiga tayinlangan ilk ayol.
BMT bosh kotibi lavozimiga Chilining sobiq prezidenti Mishel Bachelet, Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossi, Senegalning sobiq prezidenti Maki Sall va Ekvador TIVning sobiq rahbari Mariya Fernanda Espinosa ham da’vogarlik qilmoqda.
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Peskov: Ukraina bo‘yicha vositachilikni Rossiyaga shart qo‘yish bilan boshlash nomaqbul
Yangiliklar lentasi
0