O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qisqardi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 307 mln dollarga kamaydi.
2026 yil 1-iyun holatiga O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 70,58 mlrd dollarni tashkil etdi.
Bu o‘tgan oydagi hajm bilan qiyoslanganda, zaxiralarning 307,3 mln dollarga kamayganligini anglatadi.
Zaxiralardagi oltinning qiymati 61,59 mlrd dollardan 61,44 mlrd dollargacha (-1,56 mlrd) kamaydi.
Markaziy bankning izohlashicha, oltin qiymatining tushishi oy davomida oltin narxining 4625,80 dollardan 4516,85 dollargacha pasayishi hisobiga yuzaga kelgan. Ayni paytda zaxiralardagi oltinning fizik hajmi 13,6 mln (+0,3 mln) troy unsiyagacha ortdi.
Yangiliklar lentasi
0