Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oromgohlarda bepul dam oladi

© gazeta Federatsii profsoyuzov
Obuna bo‘lish
Ular oromgohlarda boshqa tengdoshlari bilan birgalikda, bir xil sharoitlarda hordiq chiqaradi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularning sog‘ligini mustahkamlash hamda ijtimoiylashuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi ijtimoiy loyiha boshlandi.
Loyiha Ijtimoiy himoya milliy agentligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida yo‘lga qo‘yildi.

Uning doirasida barcha hududlardan 7-14 yoshli jami 1 295 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola kasaba uyushmalari tizimidagi oromgohlarda 12 kun davomida dam oladi.
Ular oromgohlarda boshqa tengdoshlari bilan birgalikda, bir xil sharoitlarda hordiq chiqaradi. Ta’kidlanishicha, bu ularning jamiyatga integratsiyalashuvi, do‘stona muhitda muloqot qilishi va yorqin taassurotlarga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.
Loyiha ishtirokchilari uchun yo‘llanmalar va dam olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplab berilmoqda. Hozirgi kunda loyihaning birinchi bosqichi doirasida 1062 nafar bola oromgohlarga yuborilib, sog‘lomlashtirish tadbirlari boshlandi.
Qayd etilishicha, mazkur tashabbus mamlakatda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning baxtli bolaligini ta’minlash yo‘lidagi muhim amaliy qadamlardan biri hisoblanadi.