Afruza Hamdamova shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

© Federatsiya shaxmat UzbekistanaAfruza Xamdamova stala vitse-chempionskoy Azii po shaxmatam
Afruza Xamdamova stala vitse-chempionskoy Azii po shaxmatam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2026
Obuna bo‘lish
Bu g‘alabadan keyin o‘zbekistonlik shaxmatchi ayollar o‘rtasidagi jahon reytingida 26-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. 28 may-6 iyun kunlari Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida bo‘lib o‘tgan “Asian Individual Chess Championships 2026” da Afruza Hamdamova kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar berdi.
“Qit’aning eng nufuzli musobaqalaridan birida hamurtimiz Afruza Hamdamova 9 tur yakuniga ko‘ra 7,5 ochko jamg‘arib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 2-o‘rinni egalladi va Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, shaxmatchi 9 000 dollar miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritdi.
Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli natijalardan so‘ng Afruza Hamdamova o‘zining “live” reytingini 2439.6 punktga (+12.6) yetkazdi hamda ayollar o‘rtasidagi jahon reytingida 26-o‘ringa ko‘tarilib, dunyoning kuchli 30 nafar shaxmatchisi qatoridan joy oldi.

Yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Nilufarxon Imomqo‘ziyeva bu musobaqada 6 ochko to‘plab, ayollar xalqaro grossmeysteri (WGM) normativini bajardi.
FIDE uchredila premiyu za vidayushiyesya dostijeniya v shaxmatax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2026
FIDE shaxmatda yangi mukofot ta’sis etdi — ilk g‘oliblar Samarqandda e’lon qilinadi
Yangiliklar lentasi
0