Peskov: Zelenskiy “Rembo”ga o‘xshashga urinyapti, ammo bunga erisha olmayapti

© Sputnik / POOL
/ Obuna bo‘lish
Kreml AQShning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashini inobatga olishini, biroq Trampning mojaroni tugatish istagini ko‘rayotganini bildirdi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQShning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasi, Vladimir Zelenskiyning ochiq maktubi va mojaroni hal etish masalalariga izoh berdi.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Marko Rubio Vashington Ukrainadagi mojaroda neytral vositachi bo‘la olmasligini, chunki AQSh Kiyevni qo‘llab-quvvatlashini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Rossiyaga emas, Ukrainaga qurol yetkazmoqda va sanksiyalarni ham Ukrainaga emas, Rossiyaga nisbatan joriy qilmoqda.
Peskovning ta’kidlashicha, Moskva bunday bayonotlarni inobatga oladi. Shu bilan birga, Kreml AQSh ma’muriyatida Ukraina mojarosini hal etishga chindan hissa qo‘shishga harakat qilayotganlar ham bor, deb hisoblaydi.
U asosiy tezislarni quyidagicha bayon qildi:
— Moskva AQShning Ukraina tomonida ekani haqidagi bayonotlarni e’tiborga oladi;
— Kreml Donald Trampning mojaroni tugatishga qaratilgan siyosiy irodasini qadrlaydi;
— Zelenskiyning Putinga ochiq maktubi masalasida Peskov “agar maktub bermoqchi bo‘lsang, ber, megafon orqali murojaat qilsang, buni maktub deb atama”, degan mazmunda izoh berdi;
— u Zelenskiyning “Rembo” obraziga o‘xshashga urinayotgani, ammo bunga erisha olmayotganini aytdi;
— Rossiya uchun o‘z manfaatlariga erishish va maxsus harbiy operatsiya boshida qo‘yilgan vazifalarni bajarish muhimligini ta’kidladi.

Peskov bu haqda “Vesti” axborot agentligi muallifi Pavel Zarubinga hamda Xitoy Media korporatsiyasiga bergan izohlarida gapirdi.