https://oz.sputniknews.uz/20260607/uzbekistan-palov-qimmat-arzon-hududlar-58176497.html
O‘zbekistonda palov tayyorlash eng qimmat va eng arzon hududlar ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda palov tayyorlash eng qimmat va eng arzon hududlar ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Milliy statistika qo‘mitasi 2026-yil may oyi uchun “Palov indeksi”ni e’lon qildi. Toshkentda 1 kg palov tayyorlash 125,1 ming so‘m, Qoraqalpog‘istonda esa 103,5 ming so‘mga baholangan.
2026-06-07T12:19+0500
2026-06-07T12:19+0500
2026-06-07T12:19+0500
infografika
o‘zbekiston
jamiyat
narx-navo
milliy statistika qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/07/58174786_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_b56719262ac9c8c92213289b4a6f384f.png
Milliy statistika qo‘mitasi 2026-yil may oyi uchun hududlar kesimida 1 kilogramm palov tayyorlash qiymatini hisoblab chiqdi.Ma’lumotlarga ko‘ra, palov uchun zarur mahsulotlar eng qimmatga Toshkent shahrida, eng arzonga esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida tushadi. Poytaxtda 1 kilogramm palov tayyorlash xarajati 125 126 so‘m, Qoraqalpog‘istonda esa 103 557 so‘m deb baholangan.Reytingda keyingi o‘rinlarni Farg‘ona viloyati — 122 884 so‘m, Samarqand viloyati — 119 998 so‘m va Toshkent viloyati — 119 694 so‘m bilan egalladi.Hisob-kitobda palov uchun odatda ishlatiladigan asosiy mahsulotlar — guruch, mol go‘shti, sabzi, piyoz, o‘simlik yog‘i, no‘xat, zira va osh tuzining o‘rtacha bozor narxlari inobatga olingan.Qo‘mita ushbu raqamlar hududlarda sotilayotgan tayyor palov narxini emas, balki uni tayyorlash uchun zarur mahsulotlarning hisoblangan qiymatini ifodalashini ta’kidlagan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/07/58174786_177:0:1137:720_1920x0_80_0_0_cb833b5258a2b1c5e4e9e84155788146.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
infografika, o‘zbekiston, jamiyat, narx-navo, milliy statistika qo‘mitasi , infografika
infografika, o‘zbekiston, jamiyat, narx-navo, milliy statistika qo‘mitasi , infografika
O‘zbekistonda palov tayyorlash eng qimmat va eng arzon hududlar ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda 1 kilogramm palov tayyorlash xarajati may oyida hududlarga qarab 103,5 ming so‘mdan 125,1 ming so‘mgacha baholandi.
Milliy statistika qo‘mitasi 2026-yil may oyi uchun hududlar kesimida 1 kilogramm palov tayyorlash qiymatini hisoblab chiqdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, palov uchun zarur mahsulotlar eng qimmatga Toshkent shahrida, eng arzonga esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida tushadi. Poytaxtda 1 kilogramm palov tayyorlash xarajati 125 126 so‘m, Qoraqalpog‘istonda esa 103 557 so‘m deb baholangan.
Shu tariqa, ikki hudud o‘rtasidagi farq 21 569 so‘mni tashkil etdi. Bu Toshkentda palov tayyorlash Qoraqalpog‘istonga nisbatan qariyb 21 foiz qimmatroqqa tushishini anglatadi.
Reytingda keyingi o‘rinlarni Farg‘ona viloyati — 122 884 so‘m, Samarqand viloyati — 119 998 so‘m va Toshkent viloyati — 119 694 so‘m bilan egalladi.
Hisob-kitobda palov uchun odatda ishlatiladigan asosiy mahsulotlar — guruch, mol go‘shti, sabzi, piyoz, o‘simlik yog‘i, no‘xat, zira va osh tuzining o‘rtacha bozor narxlari inobatga olingan.
Qo‘mita ushbu raqamlar hududlarda sotilayotgan tayyor palov narxini emas, balki uni tayyorlash uchun zarur mahsulotlarning hisoblangan qiymatini ifodalashini ta’kidlagan.