O‘zbekiston Hindiston kompaniyalarini kon loyihalariga jalb qilmoqchi

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovliLaziz Kudratov vstretilsya s ministrom tajeloy promishlennosti Indii Xardanaxalli Devegouda Kumarasvami
Laziz Kudratov vstretilsya s ministrom tajeloy promishlennosti Indii Xardanaxalli Devegouda Kumarasvami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2026
Obuna bo‘lish
Tomonlar Hindiston kompaniyalarini O‘zbekistondagi istiqbolli konlarni o‘zlashtirish va metallarni qayta ishlashga jalb qilishni muhokama qildi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Hindiston sanoat kooperatsiyasi, muhim minerallar va tog‘-kon sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan ShHT sanoat vazirlari IV yig‘ilishi doirasida Hindiston og‘ir sanoat vaziri Hardanahalli Devegouda Kumarasvami bilan uchrashdi.
Muzokaralarda geologiya, tog‘-kon sanoati, muhim minerallarni qazib olish, ko‘mirni gazlashtirish, atom energetikasi va sanoat kooperatsiyasi sohalarida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Asosiy e’tibor Hindistonning yetakchi kompaniyalarini O‘zbekistondagi istiqbolli konlarni o‘zlashtirish va metallarni qayta ishlash loyihalariga jalb etishga qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, 18-iyun kuni V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston — Hindiston Hukumatlararo komissiyasining 14-yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuv yakunida qo‘shma loyihalarni jadallashtirish va savdo-iqtisodiy hamkorlikni izchil kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
V ramkax IV zasedaniya ministrov promishlennosti ShOS sostoyalas vstrecha delegatsiy Uzbekistana i Irana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2026
O‘zbekiston va Eron Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib oldi
Yangiliklar lentasi
0