O‘zbekiston mayiz eksportida top-5 davlat

Obuna bo‘lish
Mayiz eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,5% ga oshgan.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. 2026 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 44 ta davlatga 21 400 tonna mayiz eksport qilib, 24,5 million dollar daromad olgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mayiz eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4 ming tonnaga yoki 33,5% ga oshgan.
O‘zbekiston eng ko‘p mayiz eksport qilgan mamlakatlar:
Qozog‘iston - 7 300 tonna;
Xitoy - 2 200 tonna;
Rossiya - 2 100 tonna;
Turkiya - 2 000 tonna;
Ozarbayjon - 801,1 tonna;
BAA - 739,6 tonna;
Boshqa mamlakatlar - 6 200 tonna.
Batafsil infografikada tanishing.
Yangiliklar lentasi
0