Gonkong delegatsiyasi IT Parkka tashrif buyurdi

© Raqamli texnologiyalar vazirligiGonkong delegatsiyasining IT Parkka tashrifi
Gonkong delegatsiyasining IT Parkka tashrifi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2026
Obuna bo‘lish
Shu kunlarda Gonkong maxsus hududi Bosh ijrochi rahbari Jon Li Ka-chyu boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Gonkong biznes delegatsiya IT Park Uzbekistanga tashrif buyurdi. Bu haqida Raqamli Texnologiyalar vazirligi xabar qilmoqda.
Tashrif doirasida mehmonlarga IT Park Uzbekistan faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, axborot texnologiyalari sohasini qo‘llab-quvvatlash, IT xizmatlari eksportini kengaytirish, xalqaro texnologik kompaniyalarni jalb qilish hamda startap ekotizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
© Raqamli texnologiyalar vazirligiGonkong delegatsiyasining IT Parkka tashrifi
Gonkong delegatsiyasining IT Parkka tashrifi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2026
Gonkong delegatsiyasining IT Parkka tashrifi
Shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar, xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, IT Visa va Zero Risk dasturi hamda sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar taqdim etildi.
Shu bilan birga, delegatsiya vakillariga mamlakatimizda raqamli davlat xizmatlari va elektron hukumat tizimini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ham ma’lumot berildi.

Xususan, UZINFOCOM faoliyati, DMED, MyID biometrik identifikatsiya tizimi, MyGov yagona interaktiv davlat xizmatlari platformasi hamda boshqa raqamli yechimlar imkoniyatlari taqdim etildi.
© Raqamli texnologiyalar vazirligiGonkong delegatsiyasining IT Parkka tashrifi
Gonkong delegatsiyasining IT Parkka tashrifi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2026
Gonkong delegatsiyasining IT Parkka tashrifi
Shundan so‘ng “Gonkong va O‘zbekiston o‘rtasida innovatsiyalar va texnologiyalar sohasidagi taraqqiyot hamda hamkorlik imkoniyatlari” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda ikki tomon raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, venchur investitsiyalar, texnologik parklar o‘rtasidagi hamkorlik haqida fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi qabul qilingani, mazkur yo‘nalishda davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida loyihalar joriy etilayotgani qayd etildi.
O‘z navbatida, Jon Li Ka-chyu Gonkongning innovatsiyalar va texnologiyalar sohasidagi tajribasi haqida so‘z yuritib, O‘zbekistonda raqamli sohada qisqa vaqt ichida erishilgan natijalar yuqori baholanishini ta’kidladi. U “Raqamli Uzbekiston – 2030” strategiyasini yuqori baholab, raqamli Ipak yo‘lini shakllantirishda ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
© Raqamli texnologiyalar vazirligiGonkong delegatsiyasining IT Parkka tashrifi
Gonkong delegatsiyasining IT Parkka tashrifi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2026
Gonkong delegatsiyasining IT Parkka tashrifi
Uchrashuv yakunida tomonlar raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar, startaplar va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirib, mazkur tashrif O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasidagi uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0