Ukraina, “Oreshnik”, muzokaralar: Putinning asosiy bayonotlari

© Sputnik / POOL
/ Obuna bo‘lish
Rossiya dunyoning yetakchi axborot agentliklari rahbarlariga bergan intervyusida Ukraina mojarosiga alohida to‘xtaldi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari har kuni olg‘a siljimoqda. So‘nggi paytda Rossiya armiyani maxsus harbiy operatsiya hududida 2 440 kv. km ustidan nazorat o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida dunyoning yetakchi axborot agentliklari rahbarlariga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Maxsus harbiy operatsiya haqida
Rossiya qo‘shinlari frontning hamma chizig‘ida olg‘a siljimoqda.
Rossiya armiyasi harbiy operatsiya hududida 2 440 kv. km ni nazoratga oldi, hujum har kuni davom etmoqda. “Rossiya Federatsiyasi Lugansk Xalq Respublikasini to‘liq nazoratga oldi, 100%. DXRning 85% i ustidan nazorat o‘rnatgan”.
Rossiya Zaporojye viloyatining 80 foizini nazorat qilmoqda.
Ukraina Qurolli kuchlariga shaxsiy tarkib halokatli ravishda yetishmaydi.
So‘nggi paytlarda UQK soni 100 ming kishiga kamaydi, oylik yo‘qotishi 40 ming kishi.
Har oy 20 mingga yaqin harbiy Ukraina armiyasi safini tashlab qochib ketadi, bu UQKning eng katta muammosi.
Kiyevga “Patriot” zenit-raketa majmuasi umuman yetishmaydi.
Rossiya Ukrainada bo‘lmagan zarbali tizimlar, jumladan, gipertovushli raketalarga ega.
Ukrainadagi jangovar harakatlarni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishga qaraganda, urushni yakunlash varianti afzalroq bo‘lgan bo‘lardi.
Muzokaralar va ehtimoliy bitim
Moskva va Kiyevning ehtimoliy kelishuvlari mubolag‘asiz tarixiy hujjatlar bo‘ladi: “Hech qanday mubolag‘asiz, Rossiya va Ukraina nuqtayi nazaridan, bu tarixiy hujjatlar”.
Rossiyaning Donbass ustidan nazorat o‘rnatishi va bitim tuzish bir-biriga zid kelmaydi: “Bir birini istisno qilmaydi”.
Rossiya Ankorijda kelishilgan yon berishlarga tayyor, ularga Kiyev rozi bo‘lishi zarur: “Shunda mojaro tezda o‘zining tabiiy yakuniga yetadi”.
Rossiya, shubhasiz, Ukraina bilan tinchlik vositalari bilan kelishib olishga tayyor va xohlaydi.
Trampning Ukraina bo‘yicha takliflari tinchlik kelishuvlarining asosi bo‘lishi mumkin.
AQSh prezidenti Ukrainadagi mojaroni hal qilish bunchalik qiyin bo‘lishini kutmagandi.
Kiyev mojaroni hal qilishga tayyor emas: “Chunki bunday holatda hokimiyat tepasidagi odamlarning hokimiyatni ushlab qolish uchun yaxshi istiqboli bo‘ishi dargumon”.
Yevropa ittifoqi Ukraina mojarosini hal qilishda ijobiy rol o‘ynashi mumkin edi.
“Oreshnik” va boshqa qurollar haqida
Rossiya yangi zarba beruvchi tizimlarga ega, bu “Oreshnik”ka ham tegishli.
“Oreshnik”ning Ukraina bo‘ylab jangovar qo‘llanishi, bu jumlaning to‘liq ma’nosida, bitta ham bo‘lmagan.
“Oreshnik”ning Ukraina bo‘ylab oxirgi zarbasi natijalarni ko‘rish uchun ma’qul bo‘lgan joyga berildi: “Agar rostini aytadigan bo‘lsak, sizga harbiy, davlat sirini ochaman: natijalarni ko‘rish qulay bo‘lgan joyga zarba berdik”.
Rossiya armiyani ta’minlash uchun o‘zining ishlab chiqarish, ilmiy va kadrlar bazasiga ega va bu "har oy mustahkamlanib bormoqda".
Rossiya, Ukrainadan farqli o‘laroq, vatanparvarlik va xalqning irodasiga ega, bu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadlarga erishishning asosiy shartidir.

