O‘zbekiston asarlari Peterburgning Faberje muzeyidagi ko‘rgazmaga qo‘yildi

© Fonda razvitiya kulturi i iskusstvaKartini Gosudarstvennogo muzeya iskusstv Uzbekistana predstavleni na vistavke rabot Makovskix
Kartini Gosudarstvennogo muzeya iskusstv Uzbekistana predstavleni na vistavke rabot Makovskix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston davlat san’at muzeyi kolleksiyasidan 9 ta asar Sankt-Peterburgdagi Faberje muzeyida ochilgan yirik ko‘rgazmada namoyish etilmoqda.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Sankt-Peterburgdagi Faberje muzeyida “Zamin muhabbati va samoviy muhabbat. Vladimir va Konstantin Makovskiylar” ko‘rgazmasi ochildi. Unda O‘zbekiston davlat san’at muzeyi kolleksiyasidan 9 ta asar ham namoyish etilmoqda. Bu haqda Madaniyat va sa’natni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi
Ko‘rgazma Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi hamda “Peterburg mavsumlari” festivali madaniy dasturi doirasida tashkil etildi. Loyiha rassom Vladimir Makovskiy tavalludining 180-yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, 2026-yil 13-sentabrgacha davom etadi.

Ekspozitsiyadan 25 tadan ortiq muzey kolleksiyasidan jamlangan qariyb 170 ta asar o‘rin olgan. Ular orasida Rossiyaning yetakchi muzeylari to‘plamlariga mansub noyob asarlar ham bor.

Mazkur ko‘rgazma Vladimir va Konstantin Makovskiylar ijodiga mansub asarlarni bir maydonda jamlagan yirik loyihalardan biri hisoblanadi. Unda Davlat Ermitaji, Rus muzeyi, Tretyakov galereyasi kabi muzeylar qatorida O‘zbekiston davlat san’at muzeyi ham o‘z kolleksiyasi bilan ishtirok etmoqda.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston muzey eksponatlarining ushbu loyihadagi ishtiroki xalqaro muzeylararo hamkorlikni rivojlantirishga va mamlakat madaniy merosini nufuzli xalqaro ko‘rgazmalarda kengroq namoyish etishga xizmat qiladi.
Ermitaj vozobnovil rabotu posle karantina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2026
Buxoro amirligi saroy san’ati Ermitajda namoyish etiladi
Yangiliklar lentasi
0