Toshkent viloyati Krasnodardan 2,5 ming tonna bug‘doy urug‘i oladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishUborka urojaya zernovix, arxivnoe foto
Uborka urojaya zernovix, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2026
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyati uchun Krasnodardan “Alekseyevich” va “Grom” navli superelita hamda elita bug‘doy urug‘larini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirilmoqda.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Toshkent viloyati uchun Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidan 2,5 ming tonna yuqori reproduksiyali bug‘doy urug‘ini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent viloyatiga “Alekseyevich” va “Grom” navlarining superelita hamda elita avlodli urug‘lari yetkazib beriladi. Ushbu urug‘liklar g‘alla hosildorligini oshirish va viloyatda sifatli urug‘chilik bazasini shakllantirish uchun xarid qilinmoqda.
Kelishuvlar Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Xurshid Qoraboyev boshchiligidagi delegatsiyaning Krasnodarga xizmat safari doirasida amalga oshirilmoqda.
Delegatsiya a’zolari g‘allachilik sohasida yetakchi ilmiy muassasalardan biri hisoblangan P.P. Lukanenko nomidagi Milliy don markazi rahbariyati bilan uchrashdi.
Muzokaralarda yangi bug‘doy navlarini yaratish, seleksiya ishlarini takomillashtirish, urug‘chilik tizimini mustahkamlash va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar seleksiya va urug‘chilik sohasida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida tajriba almashinuvini kuchaytirishga kelishib oldi.
Cheboksari (Chuvashiya). Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2025
Chuvashiya Buxoro viloyatiga elita kartoshka urug‘ini yetkazishib berishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0