Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Tadbirkorlarning 70,6 foizi YeOIIning biznesga ta’sirini ijobiy baholadi

© iStock / opoljaDelovoe rukopojatie. Arxivnoe foto
Delovoe rukopojatie. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2026
Obuna bo‘lish
Ostonadagi forumda YeOII mamlakatlaridagi biznesning 70,6 foizi integratsiya jarayonlari ish sharoitiga ijobiy ta’sir qilayotgani qayd etildi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Ostona shahrida V Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida YeIK va YeOII Ishbilarmonlar kengashining o‘zaro hamkorlik bo‘yicha maslahat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (RSTI) matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda tadbirkorlar transport-logistika kun tartibi, sanoat kooperatsiyasi, agrologistika, oziq-ovqat xavfsizligi va yuk bazasini o‘rta muddatli prognozlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
RSTI vitse-prezidenti Aleksandr Murichevning ta’kidlashicha, biznes YeOIIning ish yuritish sharoitlariga ta’sirini yuqori baholamoqda va Yevroosiyo integratsiyasini iqtisodiy hamkorlikning muhim formati sifatida ko‘rmoqda.
O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning 70,6 foizi YeOII doirasidagi integratsiya jarayonlari biznes yuritish sharoitiga juda yoki o‘rtacha ijobiy ta’sir qilayotganini qayd etgan.
“Umuman olganda, so‘rov natijalari muhim xulosa chiqarishga imkon beradi: YeOII mamlakatlarida biznes pragmatik optimizmni saqlab qolmoqda”, — deyiladi xabarda.
Yig‘ilish 29-may kuni Ostonada V Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida o‘tkazildi. Forumning asosiy mavzusi “YeOII global raqamli poygada: sun’iy intellektga umid” deb ataldi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Vistuplenie direktora Departamenta ekonomicheskogo sotrudnichestva MID RF D.A.Birichevskogo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIning imtiyozli savdo hamkorlari bozori 730 mln iste’molchini qamrab oladi — Rossiya TIV
Yangiliklar lentasi
0