Sho‘rtan GKM loyihasida 643 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi

© Shurtanskiy gazo-ximicheskiy kompleksShurtanskiy gazo-ximicheskiy kompleks nachal rabotat v shtatnom rejime
Shurtanskiy gazo-ximicheskiy kompleks nachal rabotat v shtatnom rejime - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2026
Obuna bo‘lish
Tergovga ko‘ra, bir qator kompaniyalarning mas’ul shaxslari soliq organlari va "O‘zbekneftgaz" vakillari bilan til biriktirib, QQSni noqonuniy rasmiylashtirgan.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi (GKM) ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihasida 643,2 mlrd so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Departament tergovga qadar tekshiruvni Soliq qo‘mitasining komplayens va korrupsiyaga qarshi nazorat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan.
Ma’lumotga ko‘ra, Soliq qo‘mitasi, Buxoro viloyati soliq boshqarmasi, “O‘zbekneftgaz” AJ va bir qator tijorat tuzilmalari mas’ullari o‘zaro til biriktirgani aniqlangan.
Ular Sho‘rtan GKM quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatilgan 5,3 trillion so‘mlik xizmatlar QQSdan ozod etilganiga qaramay, ushbu soliq summasini elektron hisobvaraq-fakturalarga noqonuniy kiritgan.
Natijada budjetda asossiz ravishda QQS mablag‘i shakllantirilgan. Departament ma’lumotiga ko‘ra, keyin ushbu mablag‘ kompaniyalardan birining hisob raqamiga qaytarilgan va boshqa korxonaning davlat oldidagi kreditorlik qarzdorligini yopishga yo‘naltirilgan.
Tekshiruv natijasida 643,2 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi — “O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ma’lumot uchun, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi Qashqadaryo viloyatidagi yirik sanoat obyektlaridan biri hisoblanadi. Majmua tabiiy gazni qayta ishlab, polietilen, suyultirilgan gaz, kondensat va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi.

2021 yilda uning quvvatlarini kengaytirish loyihasi 1,8 mlrd dollarga baholangan. O‘sha paytda loyihaning 1,2 mlrd dollarini xorijiy banklar va moliya institutlari kreditlari hisobidan moliyalashtirish rejalashtirilgani xabar qilingan.

Na soveshanii pod predsedatelstvom prezidenta bilo obyavleno o viavlenii krupnix xisheniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2026
Prezident raisligidagi yig‘ilishda katta talon-torojliklar haqida ma’lum qilindi
Yangiliklar lentasi
0