Qirg‘izistonda O‘zbekistonga giyohvand modda yetkazish kanali fosh etildi

© Press-slujba MVD KRV Kirgizstane raskrit kanal postavok narkotikov v Uzbekistan
V Kirgizstane raskrit kanal postavok narkotikov v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2026
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda Afg‘onistondan kelgan 51 kg gashish musodara qilindi. Operatsiya O‘zbekiston va Tojikiston huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Qirg‘izistonda Afg‘onistondan kelgan giyohvand moddalarni O‘zbekistonga yetkazish bilan shug‘ullangan transmilliy jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Qirg‘iziston IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Operatsiya Qirg‘iziston IIVning giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash xizmati tomonidan O‘zbekiston va Tojikiston huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.
Qirg‘iziston IIV ma’lumotiga ko‘ra, jinoiy guruh Afg‘onistondan kelgan yirik partiyadagi giyohvand moddalarni Qirg‘iziston hududi orqali O‘zbekistonga yetkazish va tarqatish bilan shug‘ullangan.
Tezkor-tergov tadbirlari davomida 1964-yilda tug‘ilgan xorijiy fuqaro qo‘lga olindi. U avval ham bir necha bor jinoiy javobgarlikka tortilgani qayd etilmoqda.
Qo‘lga olingan shaxsdan Afg‘onistondan kelgan 51 kg gashish musodara qilingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Tojikistondan Qirg‘izistonga, keyin esa O‘zbekistonga giyohvand moddalar yetkazish bilan shug‘ullangan guruh tashkilotchisi bo‘lgan.
SGB: Presechena popitka vvoza pochti 600 kg narkotikov iz Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2026
Ekskavator ichiga yashirilgan qariyb 600 kg narkotik to‘xtatib qolindi
Yangiliklar lentasi
0