Piyoda yo‘laklari va qushlar uchun orolchalar: Bo‘zsuv bo‘yida dam olish maskani tashkil etiladi

© Xokimiyat goroda TashkentaPredstavlen proyekt, kotoriy planiruyetsya realizovat na beregu kanala Bozsu
Predstavlen proyekt, kotoriy planiruyetsya realizovat na beregu kanala Bozsu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2026
Obuna bo‘lish
Loyiha doirasida Bo‘zsuv kanali qirg‘og‘ida piyoda va velosiped yo‘laklari, sport zonalari, bolalar maydonchalari hamda ekologik orolchalar yaratiladi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Toshkent shahrida Bo‘zsuv kanali qirg‘og‘ida yangi ekologik dam olish hududi tashkil etiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Loyiha jamoatchilikka taqdim etildi. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, uning asosiy maqsadi — aholi uchun qulay va xavfsiz hordiq chiqarish maskanini yaratish.
Ta’kidlanishicha, hududdagi daraxt va butalar saqlab qolinadi, qo‘shimcha ko‘chatlar ekiladi.
Loyiha doirasida:
• piyodalar va velosiped yo‘laklari;
• bolalar maydonchalari;
• sport zonalari;
• hordiq chiqarish joylari;
• jamoat hududlari tashkil etiladi.
Shuningdek, xavfsizlik panjaralari, yoritish tizimlari va piyodalar ko‘prigi quriladi. Piyodalar ko‘prigi orqali 5 ta mahalla o‘zaro bog‘lanishi rejalashtirilgan.

Baliq ovlash uchun maxsus joylar ham tashkil etiladi. Loyihaning o‘ziga xos jihatlaridan biri — yovvoyi qushlar va boshqa jonivorlar uchun ekologik orolchalar yaratilishi.

Bundan tashqari, suv sporti turlarini rivojlantirish maqsadida baydarka va kanoe uchun alohida zonalar ajratiladi.
Hokimlikka ko‘ra, daraxtlarning kesilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu masala shahar hokimligi va ekologiya organlari nazoratida bo‘ladi.
Toshkent shahar hokimi loyiha bo‘yicha ishlar bugundan boshlanishini ma’lum qildi.
“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2026
Bo‘stonliqda “Sea Breeze Uzbekistan” bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi
Yangiliklar lentasi
0