https://oz.sputniknews.uz/20260531/uzbekistan-kitoblar-saint-petersburg-yarmarka-namoyish-57985728.html
O‘zbekiston kitoblari Sankt-Peterburg yarmarkasida ilk bor namoyish etildi
O‘zbekiston kitoblari Sankt-Peterburg yarmarkasida ilk bor namoyish etildi
Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburg xalqaro kitob yarmarkasida O‘zbekiston milliy stendi ilk bor keng jamoatchilikka taqdim etildi. Tadbirda o‘zbek mualliflari asarlari, noshirlik sohasidagi hamkorlik va IBBY Honour List 2026 natijalari namoyish qilindi.
2026-05-31T18:36+0500
2026-05-31T18:36+0500
2026-05-31T18:36+0500
rossiya
a.i.gersen nomidagi rossiya davlat pedagogika universiteti (rdpu)
jamiyat
kitob
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/1f/57985559_0:0:597:336_1920x0_80_0_0_d41ca2b6f85955a86b55976a99ae0911.jpg
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan XXI Xalqaro kitob yarmarkasi doirasida O‘zbekiston milliy stendi ilk bor keng jamoatchilikka taqdim etildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.Loyiha O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi va “Asian Book House” nashriyoti tashabbusi bilan, Sankt-Peterburg hukumati ko‘magida amalga oshirildi.Taqdimotda O‘zbekistonda xususiy nashriyotlar bozori yiliga 40 foizlik barqaror o‘sishni namoyish etayotgani, kitob bozori esa har yili 12 mingdan ziyod yangi asar bilan boyib borayotgani qayd etildi.Shuningdek, o‘zbek mualliflarining 3 ta kitobi ilk bor IBBY Honour List 2026 — Xalqaro faxriy ro‘yxatiga kiritilgani e’lon qilindi.Tashrif davomida o‘zbek delegatsiyasi A.S. Pushkin nomidagi Sankt-Peterburg markaziy bolalar kutubxonasi direktori Svetlana Korolova bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Yarmarka yakunida stendda o‘zbek mualliflarining ko‘plab kitoblari sotildi. Qolgan 130 dan ortiq nodir nashrlar esa kelgusi madaniy tadbirlarda foydalanish uchun Bosh konsulxona fondiga beg‘araz topshirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260316/kelin-xonadon-intervyu-56315739.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/1f/57985559_75:0:523:336_1920x0_80_0_0_5016f880a85215ae4c6cda9bff38cf10.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, a.i.gersen nomidagi rossiya davlat pedagogika universiteti (rdpu), jamiyat, kitob, hamkorlik
rossiya, a.i.gersen nomidagi rossiya davlat pedagogika universiteti (rdpu), jamiyat, kitob, hamkorlik
O‘zbekiston kitoblari Sankt-Peterburg yarmarkasida ilk bor namoyish etildi
Sankt-Peterburgdagi xalqaro kitob yarmarkasida O‘zbekiston milliy stendi ilk bor taqdim etildi, unda o‘zbek mualliflarining sara asarlari namoyish qilindi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan XXI Xalqaro kitob yarmarkasi doirasida O‘zbekiston milliy stendi ilk bor keng jamoatchilikka taqdim etildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi
xabar berdi.
Loyiha O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi va “Asian Book House” nashriyoti tashabbusi bilan, Sankt-Peterburg hukumati ko‘magida amalga oshirildi.
Festival doirasida “O‘zbekiston noshirlik tizimi: hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimotda O‘zbekistonda xususiy nashriyotlar bozori yiliga 40 foizlik barqaror o‘sishni namoyish etayotgani, kitob bozori esa har yili 12 mingdan ziyod yangi asar bilan boyib borayotgani qayd etildi.
Shuningdek, o‘zbek mualliflarining 3 ta kitobi ilk bor IBBY Honour List 2026 — Xalqaro faxriy ro‘yxatiga kiritilgani e’lon qilindi.
Tashrif davomida o‘zbek delegatsiyasi A.S. Pushkin nomidagi Sankt-Peterburg markaziy bolalar kutubxonasi direktori Svetlana Korolova bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti huzuridagi O‘zbek madaniy markazida vatandosh talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Yarmarka yakunida stendda o‘zbek mualliflarining ko‘plab kitoblari sotildi. Qolgan 130 dan ortiq nodir nashrlar esa kelgusi madaniy tadbirlarda foydalanish uchun Bosh konsulxona fondiga beg‘araz topshirildi.