https://oz.sputniknews.uz/20260531/usa-iran-muzlatilgan-aktivlar-foydalanish-imkon-57983408.html
OAV: AQSh Eronga 12 mlrd dollarlik muzlatilgan aktivlardan foydalanish imkonini beradi
OAV: AQSh Eronga 12 mlrd dollarlik muzlatilgan aktivlardan foydalanish imkonini beradi
Sputnik O‘zbekiston
Eron davlat teleradiokompaniyasi IRIB AQSh va Eron o‘rtasidagi memorandum loyihasida Tehronga 12 mlrd dollarlik muzlatilgan aktivlardan foydalanish imkoni berish bandi borligini xabar qildi.
2026-05-31T14:30+0500
2026-05-31T14:30+0500
2026-05-31T14:31+0500
aqsh – eron mojarosi
dunyo yangiliklari
donald tramp
muzokaralar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/1f/57983242_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_efeafe7a3d105e9c0647723f6a4edf2e.jpg
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Eron davlat teleradiokompaniyasi IRIB o‘zaro anglashuv memorandumi loyihasiga tayanib, AQSh Eronga 12 milliard dollarlik muzlatilgan aktivlaridan foydalanish imkoniyatini berishi mumkinligini xabar qildi.RIA Novostining IRIBga tayanib yozishicha, hujjat loyihasida Vashington 60 kun ichida Tehronga ushbu mablag‘lardan foydalanish imkonini berish majburiyatini olgani qayd etilgan.Tasnim agentligi esa Eron muzokara guruhiga yaqin manbaga tayanib, Tehron 14 banddan iborat taklifida AQShdan xorijdagi 24 mlrd dollarlik aktivlarini blokdan chiqarishni talab qilganini xabar qilgan. Unga ko‘ra, mablag‘ning yarmi memorandum e’lon qilingan paytda, qolgan qismi esa keyingi 60 kun ichida taqdim etilishi kerak.Ma’lumotlarga ko‘ra, muhokama qilinayotgan memorandum loyihasida Hormuz bo‘g‘ozi orqali kema qatnovi va muzlatilgan aktivlar masalasi ham bor. Shu bilan birga, hujjat yakuniy kelishuv sifatida rasman tasdiqlangani haqida ma’lumot yo‘q.
https://oz.sputniknews.uz/20260511/trump-iran-tinchlik-javob-rad-57491406.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/1f/57983242_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_7e601ac3bfd60d434eca5d437611b602.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh – eron mojarosi, dunyo yangiliklari, donald tramp, muzokaralar
aqsh – eron mojarosi, dunyo yangiliklari, donald tramp, muzokaralar
OAV: AQSh Eronga 12 mlrd dollarlik muzlatilgan aktivlardan foydalanish imkonini beradi
14:30 31.05.2026 (yangilandi: 14:31 31.05.2026) IRIB ma’lumotiga ko‘ra, o‘zaro anglashuv memorandumi loyihasida AQShning 60 kun ichida Eronga 12 mlrd dollarlik aktivlardan foydalanish imkonini berishi ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Eron davlat teleradiokompaniyasi IRIB o‘zaro anglashuv memorandumi loyihasiga tayanib, AQSh Eronga 12 milliard dollarlik muzlatilgan aktivlaridan foydalanish imkoniyatini berishi mumkinligini
xabar qildi.
RIA Novostining IRIBga tayanib yozishicha, hujjat loyihasida Vashington 60 kun ichida Tehronga ushbu mablag‘lardan foydalanish imkonini berish majburiyatini olgani qayd etilgan.
Avvalroq Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Ali Bageri Kani RIA Novostiga Tehron AQShdan barcha muzlatilgan Eron aktivlarini hech qanday shartsiz qaytarishni talab qilayotganini bildirgan edi.
Tasnim agentligi esa Eron muzokara guruhiga yaqin manbaga tayanib, Tehron 14 banddan iborat taklifida AQShdan xorijdagi 24 mlrd dollarlik aktivlarini blokdan chiqarishni talab qilganini xabar qilgan. Unga ko‘ra, mablag‘ning yarmi memorandum e’lon qilingan paytda, qolgan qismi esa keyingi 60 kun ichida taqdim etilishi kerak.
Ma’lumotlarga ko‘ra, muhokama qilinayotgan memorandum loyihasida Hormuz bo‘g‘ozi orqali kema qatnovi va muzlatilgan aktivlar masalasi ham bor. Shu bilan birga, hujjat yakuniy kelishuv sifatida rasman tasdiqlangani haqida ma’lumot yo‘q.