AQSh Yevropadagi qo‘shinlarini tezroq olib chiqishi mumkin

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishV Polshe razmeshen batalon NATO
V Polshe razmeshen batalon NATO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2026
Obuna bo‘lish
Vashington Yevropadagi harbiy ishtirokini qisqartirish bo‘yicha takliflarni iyun oyida NATO ittifoqchilariga taqdim etishi mumkin
TOShKENT, 31-may — Sputnik. AQSh Yevropadagi bazalaridan qo‘shinlarni olib chiqishni tezlashtirishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Vashington tegishli takliflarni iyun oyida NATO ittifoqchilariga taqdim etishni rejalashtirmoqda. Qaysi bazalar yoki hududlar bu jarayonga tushishi hozircha ochiqlanmagan.
Reuters yozishicha, may oyida Vashington Germaniyadan 5 ming nafar harbiyni olib chiqish rejasini e’lon qilgan. Germaniyada AQShning 35 mingga yaqin harbiy xizmatchisi joylashgan. O‘shanda Pentagon qo‘shinlarni olib chiqish 6–12 oy ichida yakunlanishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.
RIA Novosti avvalroq AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vensning bayonotiga tayanib, Vashington Yevropadan barcha harbiylarini olib chiqishni ko‘rib chiqmayotgani, gap ayrim resurslarni qayta taqsimlash haqida ketayotganini yozgan edi.
Bundan oldin Spiegel ham AQSh NATO uchun ajratiladigan ayrim harbiy imkoniyatlarni — jumladan qiruvchi samolyotlar, harbiy kemalar va yonilg‘i quyish samolyotlarini qisqartirishi mumkinligini xabar qilgan.
Sovmestnie voyennie ucheniya voorujennix sil Gruzii i SShA Dostoyniy partnyor. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2026
AQSh Germaniyadan askarlarini olib chiqadi
Yangiliklar lentasi
0