https://oz.sputniknews.uz/20260531/samarkand-ekologiya-loyihalar-muhokama-57985375.html
Samarqandda 200 mln dollarlik ekologik loyihalar muhokama qilinadi
Samarqandda 200 mln dollarlik ekologik loyihalar muhokama qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
GEF Kengashi yig‘ilishi Samarqandda o‘tadigan 8-Assambleya va Eco Expo Central Asia 2026 arafasida boshlandi. Unda ekologik va iqlim loyihalari, 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinadi.
2026-05-31T17:55+0500
2026-05-31T17:55+0500
2026-05-31T17:57+0500
ekologiya
samarqand
o‘zbekiston
ko‘rgazma
suv
iqlim o‘zgarishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/1f/57985212_183:0:1276:615_1920x0_80_0_0_7453fdafce3a7c95e1a1290eac19611f.png
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Samarqandda Global ekologik fond — GEF Kengashining 71-yig‘ilishi boshlandi. Tadbir GEFning 8-Assambleyasi va Eco Expo Central Asia 2026 xalqaro ko‘rgazmasi arafasida o‘tkazilmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.Yig‘ilishda 186 mamlakat, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, ekologiya agentliklari, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor vakillari ishtirok etmoqda.Bir necha kun davomida GEF vakillari ekologik va iqlim loyihalariga 200 million dollardan ortiq mablag‘ ajratish masalasini ko‘rib chiqadi. Shuningdek, 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikning strategik yo‘nalishlari muhokama qilinadi.GEF — rivojlanayotgan mamlakatlar va o‘tish iqtisodiyotiga ega davlatlarda ekologik loyihalarni moliyalashtiruvchi yirik xalqaro mexanizmlardan biri.71-Kengash yig‘ilishi 31-maydan 3-iyungacha davom etadi. 8-Assambleyaning rasmiy ochilishi esa 4-iyunga belgilangan.Samarqanddagi tadbirlar doirasida ekologik texnologiyalar, “yashil” iqtisodiyot va barqaror rivojlanishga bag‘ishlangan Eco Expo Central Asia 2026 xalqaro ko‘rgazmasi ham o‘tkaziladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260226/samarkand-gef-assambleyasi-55957223.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/1f/57985212_319:0:1139:615_1920x0_80_0_0_7134b1ccee2b088c3852c0a7ac22738b.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ekologiya , samarqand, o‘zbekiston, ko‘rgazma, suv, iqlim o‘zgarishi
ekologiya , samarqand, o‘zbekiston, ko‘rgazma, suv, iqlim o‘zgarishi
Samarqandda 200 mln dollarlik ekologik loyihalar muhokama qilinadi
17:55 31.05.2026 (yangilandi: 17:57 31.05.2026) Samarqandda Global ekologik fond Kengashining 71-yig‘ilishi boshlandi — unda 200 million dollardan ortiq ekologik loyihalar ko‘rib chiqiladi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Samarqandda Global ekologik fond — GEF Kengashining 71-yig‘ilishi boshlandi. Tadbir GEFning 8-Assambleyasi va Eco Expo Central Asia 2026 xalqaro ko‘rgazmasi arafasida o‘tkazilmoqda. Bu haqda
Sputnik muxbiri xabar berdi.
Yig‘ilishda 186 mamlakat, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, ekologiya agentliklari, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor vakillari ishtirok etmoqda.
Bir necha kun davomida GEF vakillari ekologik va iqlim loyihalariga 200 million dollardan ortiq mablag‘ ajratish masalasini ko‘rib chiqadi. Shuningdek, 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikning strategik yo‘nalishlari muhokama qilinadi.
GEF — rivojlanayotgan mamlakatlar va o‘tish iqtisodiyotiga ega davlatlarda ekologik loyihalarni moliyalashtiruvchi yirik xalqaro mexanizmlardan biri.
Fond iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillikni saqlash, yer degradatsiyasiga qarshi kurash, suv resurslarini boshqarish va ifloslanishni kamaytirish kabi yo‘nalishlarda loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
71-Kengash yig‘ilishi 31-maydan 3-iyungacha davom etadi. 8-Assambleyaning rasmiy ochilishi esa 4-iyunga belgilangan.
Samarqanddagi tadbirlar doirasida ekologik texnologiyalar, “yashil” iqtisodiyot va barqaror rivojlanishga bag‘ishlangan Eco Expo Central Asia 2026 xalqaro ko‘rgazmasi ham o‘tkaziladi.