Ukraina ilk bor Zaporojye AESining asosiy uskunalariga zarba berdi
20:23 30.05.2026 (yangilandi: 20:29 30.05.2026)

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
/ Obuna bo‘lish
Ukraina droni Zaporojye atom elektr stansiyasining 6-bloki turbina zaliga urilib portladi.
TOShKENT, 30-may - Sputnik. Ukraina Qurolli Kuchlari birinchi marta Zaporojye atom elektr stansiyasining asosiy uskunalarini nishonga oldi. Bu haqda "Rosatom" Davlat korporatsiyasi rahbari Aleksey Lixachev ma’lum qildi.
"Endi butun xalqaro hamjamiyatni "tabriklashimiz" mumkin. Bu atom elektr stansiyasining asosiy uskunalariga uyushtirilgan birinchi maqsadli hujum bo‘lib, portlash oqibatida mashinalar zali binosiga zarar yetkazildi", dedi Lixachev.
Shanba kuni tushdan keyin Ukraina droni Zaporojye atom elektr stansiyasining 6-bloki turbina zaliga urilib portlab ketgani haqida xabar berilgan edi.
Rossiya olimlari, agar Zaporojye atom elektr stansiyasiga shikast yetkazilsa, "shamol guli" natijasida radiatsion zarar eng ko‘p Ukrainaga shikast yetkazishi haqida ko‘p marta ogohlantirgan edi. Agar AES kuchli shikastlansa radiatsiya Sharqiy Yevropagacha yetib borishi muqarrarligi ham aytilgan.
Rossiya olimlari, agar Zaporojye atom elektr stansiyasiga shikast yetkazilsa, "shamol guli" natijasida radiatsion zarar eng ko‘p Ukrainaga shikast yetkazishi haqida ko‘p marta ogohlantirgan edi. Agar AES kuchli shikastlansa radiatsiya Sharqiy Yevropagacha yetib borishi muqarrarligi ham aytilgan.

Zaporojye atom elektr stansiyasi
ZAES Dnepr darosining chap qirg‘og‘ida, Energodar shahri yaqinida joylashgan, har biri bir gigavatt quvvatga ega oltita energiya blokiga ega Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasidir.
2022 yil oktabr oyida u rossiyalik mutaxassislar nazoratiga o‘tdi. Energobloklarda ishlab chiqarish 2022-yil sentabrida to‘xtatilgan, 2024-yil aprelidan esa ular “sovuq o‘chirish” rejimida ishlamoqda.
Ukraina Qurolli Kuchlari Energodar va Zaporojye AES hududini doimiy ravishda o‘qqa tutib kelmoqda. Stansiya obyektlari esa dron hujumlaridan bir necha bor zarar ko‘rgan.
