Sun’iy intellektdan urug‘chilikkacha: OYeIKda nimalarga kelishib olindi?
12:10 30.05.2026 (yangilandi: 12:33 30.05.2026)

© POOL
/ Obuna bo‘lish
Ostonada bo‘lib o‘tgan YeOII davlat rahbarlari kengashi natijalari haqida batafsil.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Kecha 29-may kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo Iqtisodiy Kengashi (OYeIK) yig‘ilishida qator muhim bayonotlar qabul qilindi.
YeOIIda sun’iy intellektni mas’uliyatli rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma bayonot
Bayonot a’zo davlatlarning raqamli suverenitetini tasdiqlab, BMT ishonchli sun’iy intellekt tamoyillariga asoslangan holda, xolislik, kamsitmaslik va axloq tamoyillarini, YeOII ichki bozorida yangi to‘siqlar paydo bo‘lishining oldini olishga qaratilgan.
Hujjat SI sohasida tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va texnologik va ishlab chiqarish zanjirlarida hamkorlik qilishga qaratilgan.
YeOIIda 2025-yilgacha bo‘lgan iqtisodiy integratsiya natijalari
So‘nggi 5-yil ichida a’zo davlatlar YaIMi 16,6% ga, sanoat ishlab chiqarishi 18,9% ga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishi 12,4% ga o‘sdi. O‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalar ulushi 93,3% ga yetdi.
Ushbu davra YeOIIda uzluksiz iqtisodiy makon yaratishda sezilarli yutuqlarga erishildi. Xususan, yagona bojxona tranzit tizimining huquqiy asoslari belgilandi va navigatsiya muhrlari mexanizmi ishga tushirildi. Yevroosiyo transport yo‘laklari va yo‘nalishlari ro‘yxati, shuningdek, transport sohasidagi yirik infratuzilma loyihalari tasdiqlandi. Xorijiy va o‘zaro elektron tijoratni tartibga solish uchun huquqiy asos yaratildi. Umumiy moliyaviy va energetika bozorlarini shakllantirish uchun bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi.
Yangi xorijiy hamkorlar bilan intergratsiya masalalari
YeOIIning xalqaro hamkorligi uchun 2025-yil muhim yil bo‘ldi.
Eron bilan Erkin savdo shartnomasi kuchga kirdi.
O‘zbekiston va Kuba bilan qo‘shma harakatlar rejalari amalga oshirildi.
Mo‘g‘uliston bilan savdo shartnomasi, BAA bilan iqtisodiy sheriklik shartnomasi va Indoneziya bilan erkin savdo shartnomasi imzolandi.
2026 yilda YeOII rahbariyati Tunis bilan erkin savdo shartnomasini bo‘yicha muzokaralarni boshlashni qo‘llab-quvvatladilar.
YeOII va Serbiya orasida Erkin savdo shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha muzokaralar ma’qullandi.
Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish sohasida
Ushbu sohada, YeIK tomonidan monitoring o‘tkazilib, milliy qonunchilik normalarining YeOII shartnomasiga muvofiqligi monitoring qilindi. Bunda asosiy e’tibor energiya samaradorligi va ekologik masalalarga qaratildi.
Xizmatlar sohasini erkinlashtirish bo‘yicha navbatdagi hisobot tasdiqlandi.
Hisobotda konchilik, mulkni baholash va turizm sohalarida xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar reyestrlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, unda turizm, meteorologiya, mulkni baholash, ilmiy tadqiqotlar va kinematografiya sohalarida ma’muriy hamkorlik shartnomalarini tuzishga tayyorgarlik ko‘rish ishlari yakunlangani qayd etilgan.
Agrosanoatda YeOIIga a’zo davlatlar qo‘shma loyihalarini moliyalashtirishning qo‘shimcha mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi
Xususan, YeOII Shartnomasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish va Oliy Kengash tomonidan moliyalashtirish manbai va uni qo‘llash muddati to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Moliyaviy yordam qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun jalb qilingan qarz mablag‘lari bo‘yicha foiz stavkalari uchun budjet subsidiyalari shaklida taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.
YeOIIda urug‘chilikni muvofiqlashtirish davom ettiriladi
2022 yildan beri YeOII davlatlari qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining navlarini sinash va urug‘lik yetishtirish sohalarida ittifoq qonunchiligini uyg‘unlashtirish ustida ish olib bormoqda.
2025 yilda Ittifoq ichidagi o‘zaro urug‘lik savdosi ushbu ish boshlangan vaqtga nisbatan 1,6 baravarga o‘sib, taxminan 80 million dollarga yetdi. Urug‘lik eksporti 2,3 baravarga o‘sib, 82,8 million dollarga yetdi. Uchinchi mamlakatlardan import deyarli 1,5 baravarga kamayib, 572,7 million dollarga yetdi, deyiladi hisobotda.
OYeIK yig‘ilishida davlat rahbarlari urug‘chilik bo‘yicha milliy qonunchilikni uyg‘unlashtirish ishlarni davom ettirish va 2028-yilning birinchi yarmida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayoni to‘g‘risida hisobot taqdim etish maqsadga muvofiqligini qo‘llab-quvvatladilar.
